BOGʻ QATOR ORALARIGA ISHLOV BERADIGAN UNIVERSAL QURILMANING TADQIQOT MAQSADI, VAZIFALARI VA DASTLABKI TAJRIBA-SINOV NATIJALARI

Authors

  • Saidova Guljamol Komilovna “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti tayanch doktoranti guljamolsaidova30gmail.com Author

Keywords:

agrotexnik, qator oralari, texnologiya, texnika, universal, qurilma, tekislagich, chizel, pushta.

Abstract

Maqolada bogʻ qator oralariga ekin ekishda universal qurilmalardan foydalanish, zamonaviy texnikalarni qoʻllash orqali hosildorlikni oshirishga erishish boʻyicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar haqida maʼlumot berilgan.  Shuningdek, maqolada yangi qurilma, uni qoʻllashdagi ijobiy natijalar va bu muammoni yechish boʻyicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar haqida maʼlumotlar keltirilgan. Bogʻ qator oralariga ishlov beradigan universal qurilma yuzasidan adabiyotlar tahlili, maqsad va vazifalari belgilanib, shuningdek dala tajriba-sinov natijalari boʻyicha ma’lumotlar keltirilgan. Universal qurilma aylanuvchi rama atrofida  3 turdagi funksiyani amalga oshiruvchi qurilmalarning jamlanmasidan tashkil topgan boʻlib, ushbu qurilmaning umumiy kengligi bum=3 m, yumshatuvchi ishchi organ – chizel, tekislagich-KPN hamda pushta hosil qiluvchi qurilmalar 3 m kenglikdagi tuproqqa ishlov berish imkoniyatiga ega. Tuproqni yumshatuvchi organning  ishlov berish chuqurligi hch=0,15-0,25 m, chizel tishlari soni nt=11 dona boʻlib, 2 qator qilib oʻrnatilgan, yumshatkich tishlarining joylashuv oraligʻi lt.o=0.5 m, pushta hosil qiluvchi qurilma organlarning joylashuv oraligʻi lp.o=1.5 m va agregatning ishlov berishdagi yurish tezligi V=5-8 km/soatni tashkil etadi.

References

https://lex.uz/uz/docs/-6424449

1. Joʻraev F.Oʻ. Energiya-resurstejamkor chizelli yumshatgichni qoʻllash texnika va texnologiyasi. Monografiya. –Tashkent: FAN nashriyoti, 2012.-165 b.

2. Patent Oʻz.R No. IAP 20240677. “Bogʻ qator oralariga ishlov beruvchi universal qurilma”/Jurayev.F.Oʻ.,SaidovaG.K//2024

3. https://im.adliya.uz/account/applications/REGISTRATION/view/204572

4. S.N.Norov “Yer tekislash mashinalari shnekli ish organlarining parametrlarini asoslash” texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi. Gulbahor-2021-y.

5. I.S.Khasanov., G.K.Saidova., M.Z.Ochilov “RESEARCH ON THE CREATION OF A STRUCTURE WITH AN ACTIVE WORKING DEVICE FOR A BASE LEVELER” "International scientific conference on the topic "EFFECTIVENESS OF USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN AGRICULTURE AND WATER MANAGEMENT" 2024 year The 23-24 rd of February Bukhara. 147-155p.

Downloads

Published

2024-12-27

Issue

Section

Articles