MARKAZIY OSIYODA UCHINCHI RENESSANS ASOSCHILAR
Keywords:
Uchinchi Renessans, asoschilar, ilm-fan, innovatsiya, Markaziy Osiyo, taraqqiyot, madaniy uyg‘onish.Abstract
Mazkur maqolada Markaziy Osiyoda yuz berayotgan Uchinchi Renessans davri va uning asoschilari haqida so‘z yuritiladi. Ushbu davrda ilm-fan, ta’lim, texnologiya, madaniyat va ijtimoiy sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ilmiy izlanishlar va innovatsiyalarni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda zamonaviy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar tashkil etilmoqda. Fan va innovatsiyalar agentliklari yosh olimlar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bu jarayonlarda akademik Ibrohim Abdurahmonov, Komiljon Karimov, Shahriyor Ibragimov kabi olimlar yetakchilik qilmoqda. Madaniyat sohasida esa tarixiy merosni asrab-avaylash va ma’naviyatni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Uchinchi Renessansning nazariy asoslari ilm-fan, ta’lim va madaniyatning uyg‘unlashuvini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Bu davr mintaqaviy va global ahamiyatga ega bo‘lib, Markaziy Osiyo xalqlarining ilmiy va madaniy salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Yangi Renessans yoshlar va ijtimoiy faollar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanmoqda.
References
1. Mirziyoyev, Sh.M. (2021). Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti.
2. Abdurahmonov, I. (2022). Ilm-fan va innovatsiyalar taraqqiyot yo‘lida. Toshkent: Fan nashriyoti.
3. Shermatov, Sh. (2023). Raqamli transformatsiya va ta’limdagi islohotlar. Toshkent: Akademiya.
4. Karimov, K. (2022). Texnologik taraqqiyot va yoshlar. Toshkent: Yangi asr
5. G‘ulomov, G. (2021). Ma’naviyat va ma’rifatning o‘zagi – tarix. Samarqand: Ilm ziyo.
6. Xudoyberdiyev, A. (2022). Madaniyatda uyg‘onish: Temuriylar va bugun. Buxoro: Tarix nashriyoti.
7. Nazarov, B. (2023). Yoshlar va Renessans: imkoniyatlar va istiqbollar. Toshkent: Yoshlar akademiyasi nashriyoti.