YUNON FORS URUSHLARINING GRETSIYA SIYOSATIGA TASIRI
Keywords:
Gretsiya, Persiya imperiyasi, Afina, Sparta, Delos, Perikl davri, peleponnes urushlari.Abstract
Yunon fors urushlari (miloddan avvalgi 492–449 yillar) Gretsiya tarixida muhim davrni tashkil etadi, chunki ularning natijalari nafaqat Yunon madaniyatining omon qolishiga, balki Gretsiya ichki siyosiy va ijtimoiy tizimlarining shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Ushbu tezisda urushlarning Gretsiya siyosatiga qanday ta'sir qilgani, ayniqsa, shahar-davlatlar o'rtasidagi ittifoqlar, siyosiy tizimlarning rivojlanishi va Gretsiya ichki muvozanatidagi o'zgarishlar orqali tahlil qilinadi. Gretsiya shahar-davlatlari (ayniqsa, Atina va Sparta) o'rtasida qurilgan ittifoqlar va ularning harbiy hamkorliklari, shuningdek, urushning davomida yuzaga kelgan siyosiy raqobat va shahar-davlatlar o'rtasidagi nizolar muhokama qilinadi. Urushdan so'ng, Gretsiyaning siyosiy strukturalari va harbiy tashkilotlarining rivojlanishi hamda Kalliy tinchligi va uning Gretsiya mustaqilligi uchun ta'siri keltiriladi.
References
1.Rajabov.R Qadimgi dunyo tarixi. T. Fan va texnologiya,2009, 440 bet.
2. Boynazarov F.A Qadimgi dunyo tarixi.T.:2004
3.Avdiyev.V.I.Qadimgi sharq tarixiga kirish, Toshkent-1964,844 bet.
4.Pikus N N.Krushkol Yu.S. Qadimgi dunyo tarixi. II tom. T.:-1975.