DAVLAT BOSHQARUVIDA SUN’IY INTELEKTDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Authors

  • Maxmudov Ibrohimjon Iqboljon o’g’li Sun’iy intelekt, davlat boshqaruvi, raqamlashtirish, optimallashtirish. Author

Keywords:

Sun’iy intelekt, davlat boshqaruvi, raqamlashtirish, optimallashtirish.

Abstract

Maqolada sun’iy intellekt (SI)ning davlat boshqaruvidagi potensiali va kelajakdagi qo‘llanilish masalalari muhokama qilinadi. SI, yirik ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilingan algoritmlar yordamida foydalanuvchilarga axborot taqdim etuvchi dasturiy ta’minot sifatida ishlaydi. Ushbu texnologiya davlat boshqaruviga qo‘llanilishi kutilmoqda, bu esa davlat xizmatlarini optimallashtirish, resurslarni samarali taqsimlash, fuqarolar murojaatlarini tizimlashtirish va xodimlar kompetensiyasini nazorat qilishda yordam beradi. Maqolada O‘zbekistonning SI sohasida amalga oshirilayotgan islohotlari, shuningdek, AQSh, Yevropa Ittifoqi va Xitoyning SI ni davlat boshqaruvida qo‘llash tajribalari keltirilgan. Sun’iy intellektni davlat boshqaruvida joriy etish bo‘yicha barcha darajalarda samarali ishlatish uchun ishlab chiqilgan nazariyalar va amaliy yondashuvlar ta’kidlanadi. O‘zbekistonda SI ni tartibga solish va rivojlantirishga oid qadamlar, shu jumladan, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash va mutaxassislarni tayyorlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqola, SI ni davlat boshqaruvida muvaffaqiyatli qo‘llash uchun jahon tajribasiga tayanib, ehtiyotkorlik bilan yondashuv zarurligini ta'kidlaydi.

References

1. Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori; https://lex.uz/docs/-7158604 ;

2. Yevropa Parlamenti va Kengashning 2024/1689-sonli regulyatsiyasi- https://digital-strategy.ec.europa.eu/en/library/commission-publishes-guidelines-ai-system-definition-facilitate-first-ai-acts-rules-application ;

3. Jenevie Devidning “Sun'iy intellekt: davlat boshqaruvi imkoniyatlari va muammolari” maqolasi. Kanada Public administration Journal. - https://onlinelibrary.wiley.com/doi/10.1111/capa.12580 ;

4. Van Noordt, Medaglia va Tangining “ Siyosiy tashabbuslar, sun’iy intellektga ega hukumat uchun: Yevropadagi milliy strategiyalar tahlili ” - https://journals.sagepub.com/doi/10.1177/09520767231198411

5. Li, Fan va Nining “ Boshqaruvni raqamlashtirish : Xitoyning mahalliy boshqaruvida sun’iy intellektning rolini o‘rganish ” maqolasi - https://journals.sagepub.com/doi/10.1177/09520767231188229

Downloads

Published

2025-05-27

Issue

Section

Articles