MASHRAB G‘AZALLARINING GERMENEVTIK TAHLILI
Keywords:
g‘azal ,germenevtika ,tasavvuf ,ilohiy ishq ,ramzlar, ma’rifat, ruhiy, iztirob, haqiqat, mayxo‘rlik ,mastlik ,yor ,(ma’shuqa) soqiy ,mayxona ,shariat ,tariqat, haqiqat, bosqichlari, ruhiy ,kamolot ,ijtimoiy tanqid ,adolat, nafs , tasavvufiy ramz ,ruhiy kechinma zohir va botin ,arshi a’lo, lomakon.Abstract
Mazkur maqolada Boborahim Mashrab g‘azallarining germenevtik tahlili yoritilgan bo‘lib, unda shoir ijodidagi tasavvufiy ramzlar, falsafiy mazmunlar va ijtimoiy-tanqidiy ruh tahlil markaziga olingan. Germenevtik yondashuv asosida Mashrab g‘azallarida uchraydigan asosiy ramzlar – "may", "yor", "ishq", "soqiy", "mayxona" kabi timsollar orqali ruhiy yuksalish, ilohiy haqiqatni anglash yo‘lidagi iztiroblar va ma’naviy kamolot jarayoni ochib berilgan. Shuningdek, maqolada "Sig‘mamdur" va "Na qilay?!" kabi g‘azallar misolida shoirning ilohiy ishqqa bo‘lgan cheksiz intilishi, dunyo ne’matlaridan voz kechish, zohiriy emas, balki botiniy haqiqatni anglashga bo‘lgan harakati yoritilgan. Mashrab g‘azallarida ohang, ritm va xalqona ruhi she’riy ta’sirchanlikni kuchaytirgani, shoir ijodida tasavvuf falsafasi ijtimoiy adolat, ruhiy iztirob va ilohiy muhabbat bilan uyg‘unlashgani ko‘rsatib berilgan. Maqola Mashrab she’riyatini zamonaviy talqin – germenevtika nuqtai nazaridan tahlil qilishga urinish bo‘lib, shoirning murakkab ma’naviy olamini chuqur anglashga xizmat qiladi.
References
1.Abdug‘aniyev, M. Tasavvuf va o‘zbek mumtoz adabiyoti. – Toshkent: Fan, 1994.
2.Rajabov, A. Tasavvuf va adabiyot. – Toshkent: O‘zbekiston, 2000.
3.Karimov, E. Mashrab she’riyati poetikasi. – Toshkent: Fan, 1992.
4.G‘aniyeva, S. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixidan. – Toshkent: O‘qituvchi, 1983.