KOMPETENSIYA VA KASBIY KOMPETENTLIKNING MAZMUNI VA MOHIYATI
Keywords:
kompetensiya, kompetentlik, kasbiy kompetentlik, bilim va ko‘nikma, amaliy faoliyat, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, ta’lim tizimi, kompetensiyaviy yondashuv, O‘zbekiston ta’limi, baholash mezonlari.Abstract
Ushbu maqolada “kompetensiya” va “kasbiy kompetentlik” tushunchalarining mazmuni, kelib chiqishi, rivojlanish tarixi va ularning zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati keng yoritilgan. Kompetensiya shaxsning muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaganligi bo‘lsa, kompetentlik ularni amaliyotda samarali qo‘llay olish qobiliyatidir. Maqolada tilshunos Noam Chomsky, psixologlar L.S. Vygotskiy, D. McClelland va sotsiologlar P. Bourdieu, T. Parsons, A. Giddens kabi mutaxassislarning kompetensiyaga oid nazariy qarashlari tahlil qilingan. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi tomonidan ishlab chiqilgan 8 asosiy kompetensiya ham bayon etilib, ularning O‘zbekiston ta’lim tizimiga tatbiqi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Kompetensiyaviy yondashuvning psixologik, sotsiologik va pedagogik asoslari, shuningdek, kompetensiyani baholash usullari, kasbiy tayyorgarlikdagi roli va amaliy kompetentlikning namoyon bo‘lish shakllari ham maqolada chuqur tahlil qilinadi. Muallif ushbu yondashuvni zamonaviy ta’lim jarayonining ajralmas qismi sifatida e’tirof etib, uning O‘zbekistonda rivojlanish tarixiga ham to‘xtaladi.
References
1.N.Xolyigitova.D.Abdumajidova. “Kasbiy psixologiyasi”. Toshkent “Iqitsod-M Oliya” .2019. B-544.
2. N.Ilxomovich. S. Barakayevich. “Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limning asosiy jihatlari”. // Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
3.Выготский Л.С. “Мышление и речь”. M. 2023.C.-448.
4.J. Raven. "Competence in Modern Society: Its Identification, Development and Release". – London, H. K. Lewis & Co. Ltd., 1984. - 251 p.
5.D. McClelland. "Testing for Competence Rather than for Intelligence". // New Jersey, January 4, 1971.P-14.
6.Pierre Bourdieu . "Outline of a Theory of Practice". Cambridge ; New York : Cambridge University 7.Press.1977.P.258.
7.Talcott Parsons . "The Social System". Glencoe, Ill. : Free Press.1951.P.448. Anthony
8.Giddens."The Constitution of Society". University of California Press Berkeley and Los Angeles.1984.p/402. Émile
9.Durkheim ."Education and Sociology". New York, NY : Free Press.1956.P.163.
10.Noam Chomsky. “ASPECTS OF THE THEORY OF SYNTAX” THE M.LT. PRESS Massachusetts Institute of 10.Technology Cambridge, Massachusetts. 1965. P.-48.