INGLIZ VA O‘ZBEK XALQ ERTAKLARINING O’XSHASH VA FARQLI TOMONLARI
Keywords:
Ingliz xalq ertaklari, o‘zbek xalq ertaklari, sehrli yordamchilar, qahramonning sinovlari, xalq og‘zaki ijodi, madaniy farqlar, sehrli elementlar, pari va afsungarlar, devlar va ajdaholar, ijtimoiy mavqe, axloqiy mazmun, yovuzlik obrazlari, individualizm, geografik muhitAbstract
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek ertaklaridagi qahramonlarni sinovlardan o‘tkazish jarayoni taqqoslanadi. Maqola madaniy va geografik xususiyatlar, qahramonlarning ijtimoiy mavqei, sehrli elementlar, axloqiy mazmun va yovuzlik obrazlari kabi beshta asosiy jihatni o‘z ichiga oladi. Ingliz ertaklarida o‘rmonlar, qal’alar va qirolliklar muhitida yashovchi qirollar va shahzodalar ko‘proq uchraydi, ularning muvaffaqiyati ko‘pincha individualizmga asoslangan. O‘zbek ertaklarida esa cho‘l va tog‘ muhitida oddiy dehqonlar yoki kambag‘al yigitlar qahramon sifatida namoyon bo‘lib, jamoaviylik va oila yordami bilan muvaffaqiyatga erishadi. Sehrli elementlar ham farq qiladi: ingliz ertaklarida peri va afsungarlar, o‘zbek ertaklarida esa devlar va ajdoholar ko‘proq uchraydi. Yovuzlik obrazlari ham har ikki madaniyatda turlicha ifodalangan. Ushbu taqqoslash orqali madaniy farqlar va ularning qahramonlar tasviridagi aks-sadolari ochib beriladi.