“TEZ QALAMCHIZGI JARAYONIDA KUZATUVCHANLIK VA TASAVVURNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI"

Authors

  • Suyunov Navro’z Alisher o’g’li Qarshi Davlat Universiteti mustaqil tadqiqotchisi, 180100, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar E-mail: navruz.suyunov.n@gmail.com Author

Keywords:

Ijodiy yondashuv, Badiiy tafakkur, Obrazli fikrlash, Tasavvur rivoji, Kuzatuvchanlik, Tezkor mashqlar, San’at ta’limi metodikasi, Grafik ko‘nikmalar, Innovatsion pedagogika, Amaliy san’at mashg‘ulotlari

Abstract

Tasviriy san’at ta’limida talabalarda kuzatuvchanlik va tasavvurni rivojlantirish muammosi dolzarb masalalardan biridir. Tez qalamchizgi mashqlari qisqa vaqt ichida obrazni idrok qilish va uni ifoda etishga yordam berishi bilan ahamiyatlidir. Ushbu maqolada tez qalamchizgi jarayonida kuzatuvchanlik va tasavvurni rivojlantirish muammosi ko‘rib chiqiladi. Maqolada tezkor mashqlar orqali badiiy tafakkurni kuchaytirish va talabalarda ijodiy yondashuvni shakllantirish mavzusi yoritilgan.

Maqolaning maqsadi — tez qalamchizgi mashqlari jarayonida kuzatuvchanlik va tasavvurni rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslarini o‘rganishni tahlil qilishdan iborat.

Tadqiqotda pedagogik kuzatuv, taqqoslash va amaliy mashg‘ulotlarni tahlil qilish usullari qo‘llanildi. Eksperimental ishlar Shahrisabz davlat pedagogika instituti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi talabalari bilan o‘tkazildi. Talabalarning faoliyati kuzatildi va nazorat hamda tajriba guruhlari natijalari taqqoslandi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ijodiy yondashuv asosida tashkil etilgan tez qalamchizgi mashqlari talabalar kuzatuvchanligini oshirdi, tasavvurni kengaytirdi va obrazli tafakkurni rivojlantirdi. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan metodika talabalarni erkin chizishga, tezkor fikrlashga va ijodiy yechim topishga yo‘naltirdi.

Maqola tez qalamchizgi mashqlarini samarali tashkil etishning kompleks tadqiqotiga bag‘ishlangan. Unda kuzatuvchanlik va tasavvurni rivojlantirish muammolari ochib beriladi. Alohida e’tibor tezkor mashqlarning ta’lim jarayonidagi metodik ahamiyatiga va ularning talaba shaxsini ijodiy rivojlantirishdagi roliga qaratilgan.

References

• 1. Booth, J. W., Taborda, E. A., Ramani, K., Reid, T. (2016c).Interventions for teaching sketching skills and reducing inhibition for novice engineering designers.Design Studies, 43, 1–23. https://doi.org/10.1016/j.destud.2015.11.002

• 2.Istead, L., Istead (2022d). A simple, stroke-based method for gesture drawing.Virtual Reality Intelligent Hardware /Xuni Xianshi. Yu.Zhineng.Yingjian,.4(5),381–392. https://doi.org/10.1016/j.vrih.2022.08.004

• 3.Rieger, K. L., Chernomas, W. M., McMillan, D. E., Morin, F. L. (2020). Navigating creativity within arts-based pedagogy: Implications of a constructivist grounded theory study. Nurse Education Today, 91, 104465. https://doi.org/10.1016/j.nedt.2020.104465

• 4. Chappell, K., Hetherington, L., Keene, H. R., Wren, H., Alexopoulos, A., Ben-Horin, O., Nikolopoulos, K., Robberstad, J., Sotiriou, S., Bogner, F. (2019). Dialogue and materiality/embodiment in science|arts creative pedagogy: Their rol and manifestation. Thinking Skills and Creativity, 31, 296–322. https://doi.org/10.1016/j.tsc.2018.12.008

• 5.Almukhambetov, B., Tanirbergenov, M., Nebessayeva, Z. (2015) The application of figurative arts’ capabilities in the Art-Pedagogical activity of a teacher. Procedia: Social Behavioral Sciences, 197, 1525–1529. https://doi.org/10.1016/j.sbspro.2015.07.1056

Downloads

Published

2025-09-30

Issue

Section

Articles