JADIDCHILIK VA AXLOQIY ONG TRANSFORMATSIYASI:SHARQ MODERNIZATSIYASINING FALSAFIY TAHLILI

Authors

  • Ortiqova Husnora Bekbo‘lsin qizi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Falsafa mutaxassisligi 1-bosqich magistranti khusnoraartikova@gmail.com Author

Keywords:

axloq, jadidchilik harakati, axloqiy ong, ma’rifat, ijtimoiy mas’uliyat, shaxs erkinligi, g‘oya, modernizatsiya, global modernizatsiya, falsafiy tahlil.

Abstract

Mazkur maqolada jadidchilik harakati axloqiy ongning transformatsiyasi nuqtayi nazaridan falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Jadidchilik XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Sharq jamiyatida yuz bergan modernizatsiya jarayonining muhim intellektual va ma’naviy asosi sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda jadid mutafakkirlarining axloq, ma’rifat, mas’uliyat, shaxs erkinligi va jamiyat taraqqiyoti haqidagi qarashlari an’anaviy axloqiy tasavvurlar bilan qiyosiy o‘rganiladi. Muallif jadidchilikni faqat siyosiy yoki pedagogik harakat emas, balki axloqiy ongni yangilashga qaratilgan konseptual loyiha sifatida asoslaydi. Shuningdek, jadidchilik g‘oyalari global modernizatsiya jarayonlari va zamonaviy axloqiy muammolar kontekstida baholanadi. Tadqiqot natijalari jadidchilik merosining bugungi kunda ham axloqiy tafakkur va ijtimoiy taraqqiyot uchun dolzarb ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

References

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi. “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya. — 11.12.2023.

2.Ingeborg Baldauf XX asr o‘zbek adabiyotiga chizgilar.-Toshkent:

Ma’naviyat, 2001.

3.Pardayev A. Jadidchilik —zamonaviy ongning shakllanishi sifatida // Oriental Renaissance: Innovative Educational, Cultural and Social Sciences.— 2025.— May. — Maqola.

Downloads

Published

2026-03-27

Issue

Section

Articles