MAJBURIY IJRO BUYROSI TIZIMIDA QARZDORLIKNI UNDIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING SAMARADORLIGI VA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Abstract
Ushbu tezis O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro buyrosi tizimida qarzdorlikni undirishda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanish istiqbollarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Rivojlangan dunyoda raqamli texnologiyalar, jumladan, elektron hujjat aylanishi, onlayn platformalar va ma'lumotlar bazalari, qarzdorlikni undirish jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi va samaradorligini oshiradi. Sun’iy intellekt esa o’z o’rnida ma'lumotlarni tahlil qilish, qarzdorlarni baholash va avtomatik xabarnomalar yuborish kabi jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi. Tezisda O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro buyrosi tizimida qarzdorlikni undirishda raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayoni, ularning amaliy natijalari va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va muammolar ham ko‘rib chiqiladi. Ushbu tadqiqot, O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasi va iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida, davlat xizmatlarining sifatini oshirish va fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-iyul 2018-yldagi "O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ- 3832-sonli qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 03-yanvar “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-1-sonli farmoni.
3. “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.10.2020 yildagi PF-6079-son farmoni.
4. Isoqova Muxlisa Faxriddin Qizi, Fayzullayev Sayfiddin Boxodir O’G’Li, O’Rozov Faxriddin Isoqovich, and Isoqov Fayyozbek Faxriddinovich. "RAQAMLI IQTISODIYOT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISH" Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), vol. 2, no. 11, 2022, pp. 66-70.