TURKIY ADABIYOTDA “YUSUFNOMA”LAR TASNIFI VA TALQINI

Authors

  • Toʻrayeva Nafosat Gʻafriddin qizi Author

Abstract

Qadim Sharqda Yusuf va uning sevgilisi Zulayho haqidagi qissalar   ildizi milloddan avvalgi asrlarga togri keladi.  Bu xalq og‘zaki ijodi namunalari keyinchalik diniy kitoblardan  joy oladi. Dastlab, islomgacha bo‘lgan diniy kitoblarda zikr etiluvchi Ya’qub payg‘ambar va uning o‘g‘illari haqidagi kalom keyinchalik islom dinining muqaddas kitobi bo‘lmish Qur’oni karimda maxsus sura tarzida nozil bo‘ladi. Bu afsonayu rivoyatlar diniy kitoblarda qolib ketmadi. Tavrot va Injil bu qissaning Gʻarbda, Qur’oni karim esa Sharqda keng tarqalishiga zamin yaratdi. Payg‘ambarlar hayoti, ularning Alloh yo‘lidagi mardonavor kurashlari hamma zamonlarda ham kishilarni o‘ziga qiziqtirib kelgan. Ilohiy va muqaddas kitoblardan dunyoviy adabiyot sahnlariga chiqa olgan hazrati Yusuf qissasi bu fikrning yorqin dalilidir. Hazrati Yusufning o‘z og‘alaridan jabr-sitam ko‘rishi, Zulayxoning hiylasi bilan qirq yil bandi zindoniy bo‘lib, mashaqqat va kulfatlar tortishi, halollik, poklik yo‘lida sobit turishi chin musulmonlik namunasidir. Shu sababdan ham, Yusuf o‘zini xorliklarga giriftor qilgan akalariga yomonlikni ravo ko‘rmaydi, ularni kechiradi, birovning hasmi bo‘lgan Zulayxoga ko‘z olaytirmaydi, muhabbatini sezdirmaslikka, o‘zini tiyishga buyuk insoniy kuch topa oladi. Shubhasiz, Yusuf chin musulmoniy fazilatlarga ega shaxsdir.

References

1. Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va ḥukamo. Asarlar, 15 tom, Toshkent, 1968,

2. Muḥammadiyeva F. Mirzo Olim Devonaning “Ravzai asror” asari manbalari va matniy tadqiqi. Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan diss. Toshkent. 2011-y.

Bularning eng moʻtabari 1615-yilda Muhammad Said binni Mirzo Ahmad Buxoriy tomonidan ko‘chirilgan nushasidir. Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostoni 1959-yilda nashr qilindi.

3 .Mallaev N. Oʻzbek adabiyoti tarixi. - Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1965 y.

4. Jomiy. Yusuf va Zulayho. - Toshkent. G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1977.

5. Jomiy. Yusuf va Zulayho. Ogahiy tarjimasi. 3-jild.

6.Qobilov U. Nubuvvat haqiqati – badiiy ijod ruhi (Monografiya). – Samarqand: SamDU nashri, 2021.

7.Qobilov U. Profetologiya va o‘zbek adabiyoti. Monografiya. – Samarqand: SamDU nashri, 2023.

Downloads

Published

2025-04-27

Issue

Section

Articles