TEXNIKA UNIVERSITETI TALABALARIDA MUAMMOLARNI HAL QILISHDA INSON TAFAKKURI VA QAROR QABUL QILISH JARAYONLARI
Abstract
Mazkur maqolada texnika universiteti talabalari muammolarni hal qilish jarayonida inson tafakkuri va qaror qabul qilish mexanizmlarining o‘zaro bog‘liqligi tahlil etilgan. Talabalar o‘zlashtirayotgan texnik fanlarning murakkabligi ularning mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda qaror qabul qilish jarayonining psixologik omillari, tafakkurning individual xususiyatlari va kognitiv xatoliklar (evristikalar) texnika sohasida ta’lim olayotgan yoshlar faoliyatiga qanday ta’sir qilishi ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, muammoli vaziyatlarda samarali qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid metodik tavsiyalar ham ishlab chiqilgan. Olingan natijalar texnik ta’lim sifatini oshirish, talabalarning analitik fikrlash salohiyatini mustahkamlash va kelajakdagi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishlariga xizmat qilishi mumkin.
References
1. Ишмухдмедов Р., Абдукодиров А., Пардаев А. Таълимда инноватсион технологиялар (таълим муассасалари педагог-укитувчилари учун амалий тавсиялар). - Т.: Истеъдод, 2008.180 б.
2. Сабирова Д.А. Мултимедиа тизимлари ва технологиялари. Укув кулланма -Т: ТГЕУ, 2013г
3. Абдукодиров А.А., Пардаев А.Х.Масофали укитиш назарияси ва амалиёти. -Т. Фан, 2009.
4. Бегимкулов У.Ш. Педагогик таълимда замонавий ахборот технологияларини жорий этишнинг илмий-назарий асослари. Монография. -Т.: Фан, 2007.
5. Алимов З.Х. Транспорт воситаларида кулланиладиган экспуататсион материаллар. -Т. : "Фан ва технология", 2011 й., 160 бет.
6. Алимова З.Х.Дамрокулов О.А."Транспорт воситаларида кулланиладиган эксплуататсион материаллар" Укув кулланма , Жиззах 2004 й., 98 бет.