AL-QARAVIYYIN – DUNYODAGI ENG QADIMGI UNIVERSITET

Authors

  • Hurmuhammad Nurbayev Author

Abstract

Qaraviyyin universiteti faoliyat yuritib kelayotgan dunyodagi eng qadimgi universitet yoki doimiy faoliyat yurituvchi eng qadimgi oliy ta'lim muassasasidir. Bu universitet dastlab masjid sifatida o’z faoliyatini boshlagan. 1947-yilda al-Qaroviy davlat taʼlim tizimiga kiritildi va 1940-yillarda ayollar birinchi marta u yerga oʻqishga qabul qilindi. 1963 yilda (hijriy 1382 yil) Marokash mustaqillikka erishgach, al-Qaroviyyin qirol farmoni bilan rasman maorif vazirligi nazorati ostidagi universitetga aylantirildi. U shu yilda Marokashning zamonaviy davlat universiteti tizimiga kiritilgan va ikki yildan so'ng rasman "Al Qaraviyyin universiteti" deb o'zgartirilgan.Universitetda 11 ta fakultet mavjud: islomshunoslik, gumanitar fanlar, huquq, tibbiyot fanlari, muhandislik, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, menejment va tijorat, arxitektura va axborot texnologiyalari.Universitetda jami 25000 ga yaqin talaba tahsil oladi. Ularning 60 foizga yaqini ayollardir. Xalqaro talabalar talabalar jamoasining taxminan 7 foizini tashkil qiladi. U dunyodagi eng qadimgi oliy ta’lim muassasasi va tibbiyot sohasida ilmiy daraja bergan birinchi universitet hisoblanadi. Tarixchilar uni dunyodagi eng qadimgi universitet deb atashadi.

Downloads

Published

2025-06-15

Issue

Section

Articles