JORJ ORUELLNING “MOLXONA” VA GULXANIYNING “ZARBULMASAL” ASARLARI QIYOSIY TAHLILI
Abstract
Ushbu maqolada Jorj Oruellning “Molxona” va Muhammadsharif Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tahlil barobarida mualliflarning ijodiy biografiyasi, asarlarning sarlavhasi, g’oyasi va mazmuni, obrazlar talqini, kulminatsion nuqtalari , portret, peyzaj hamda badiiy detallarga, shuningdek, hikmatli so’zlar va iqtiboslari to’g’risida alohida so’z yuritiladi. Bundan tashqari, mazkur maqolada asarlarning o’xshash va farqli jihatlari ham ko’rsatib berilgan.