VEGETATIV KOʻPAYISHNING OʻSIMLIKLAR OLAMIGA FOYDALI TARAFLARI
Abstract
Mazkur maqolada o‘simliklarning vegetativ ko‘payish jarayoni va uning o‘simliklar olamidagi biologik, ekologik hamda amaliy ahamiyati yoritilgan. Vegetativ ko‘payish — bu o‘simliklarning urug‘siz, tananing vegetativ qismlari orqali (ildizpoya, tuganak, poya, barg, ildiz, novda) ko‘payishidir. Ushbu jarayon tabiiy hamda sun’iy yo‘l bilan amalga oshadi. Tabiatda u o‘simliklarning yashovchanligini oshirish, genetik barqarorlikni saqlash va muhit sharoitlariga tez moslashish imkonini beradi. Inson faoliyatida esa vegetativ ko‘payish dehqonchilik, bog‘dorchilik va seleksiya ishlarida keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, qimmatbaho, serhosil yoki noyob navlarni ko‘paytirish, shuningdek, ularning foydali xususiyatlarini saqlashda bu usul muhim o‘rin tutadi. Maqolada vegetativ ko‘payishning biologik mexanizmlari, ko‘payish shakllari, tabiiy va sun’iy turlari, shuningdek, uning ekologik va xo‘jalik foydalari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘simliklarning vegetativ yo‘l bilan ko‘payishini o‘rganish o‘quvchilarda biologik tafakkur, ekologik ong va tabiatga ehtirom hissini shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.
References
1. Утаев, А., & Норова, Н. (2019). Олий педагогик таълим муассаларида норматив-хукукиий хужжатлар тарFиботини ташкил этиш.". Таълимдаги инновациялар ва ислохотлар контекстида замонавий кластер тизими.
2. Utayev, A. Y. L. (2020). Political education of teachers in modern education. Science and Education.
3. Утаев, А. Й., & Матьякубова, М. Б. (2019). Психологические основы развития речи.". Таълимдаги инновациялар ва ислоуотлар контекстида замонавий кластер тизими: муаммолар, ёндашувлар ва истицболлар" мавзусидаги илмий-амалий анжуман, 1, 193-194.
4. O'tayev, A. Y. L. (2020). Zamonaviy ta'limda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining siyosiy tarbiyasi. Science and Education, 1.