OFITSERNING PEDAGOGIK MAHORATI VA UNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TAFAKKURI
Abstract
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va ana shu mustaqillikni, mamlakatimiz xalqining bunyodkorlik mehnatini va tinch hayotini, osoyishtaligini himoya qilish zaruriyatidan kelib chiqqan holda amalga oshirilayotgan harbiy islohotlarning talablaridan biri Qurolli Kuchlarimiz uchun yuqori malakali mutaxassislarni, yuksak intellektual, ma’naviy-axloqiy salohiyatga ega bo‘lgan harbiy kadrlarni tayyorlashdir. Mustaqil O‘zbekistonimizda islohotlar tobora keng quloch yoymoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida, jumladan yosh avlod ta’lim-tarbiyasida ham keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Tariximizni, ma’naviyatimizni qayta tiklash, yanada boyitish borasidagi harakatlar, ta’lim-tarbiya, kadrlar tayyorlash yo‘lidagi tub o‘zgarishlar shular jumlasidandir. Bu ishlar bejiz amalga oshirilayotgani yo‘q. Chunki har qanday mamlakatning ravnaqi halqning bilimdonlik saviyasi, ma’naviy darajasiga bog‘liq.
References
1. Islom Karimov. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. – T.: «O‘zbekiston», 2015. -255-b
2. Kaykovus. Qobusnoma. – Toshkent, «O‘qituvchi», 1997 y.
3. Nasriddinov Ch. Harbiy psixologiya. – Toshkent, «Sharq», 2004 y.
4. Ochilov M., Ochilova N. O‘qituvchi odobi. - Toshkent, «O‘qituvchi», 1997 y.
5. Платонов Ю.П. Социальная психология поведения. – Санкт-Петербург, «Питер», 2006 г.
6. Психология и педагогика. Под ред. Радугина А. А. – Москва, «Центр», 2003 г.