MUSTAQILLIKNING DASTLABKI YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH INSTITUTLARINING SHAKLLANISHI: INSON HUQUQLARI BO‘YICHA MILLIY MARKAZ MISOLIDA

Authors

  • Nurullayeva Madina Fayzulla qizi Author

Abstract

Mazkur maqolada mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish bo‘yicha milliy institutlar tizimining shakllanish jarayoni tarixiy-huquqiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Konstitutsiyaviy asoslar va xalqaro-huquqiy standartlar ta’siri, xususan, Vena deklaratsiyasi va Harakat dasturi hamda Parij prinsiplari doirasida milliy institutlar konsepsiyasining mazmuni yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish infratuzilmasining institutsional tarkibi, ularning vakolatlari va funksional farqlari ko‘rsatib berilib, bu jarayonda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining huquqiy maqomi hamda idoralararo muvofiqlashtiruvchi funksiyasi alohida o‘rganiladi. Maqolada Milliy markazning tashkil etilishiga olib kelgan siyosiy-huquqiy omillar, normativ-huquqiy asoslar (1996-yil 31-oktabrdagi Prezident farmoni va 1996-yil 13-noyabrdagi Vazirlar Mahkamasi qarori) hamda inson huquqlarini ta’minlash mexanizmini takomillashtirishdagi o‘rni tarixiy izchillikda asoslanadi. Tadqiqot natijalari mustaqillikning ilk bosqichida inson huquqlarini himoya qilish institutlari shakllanishi davlat qurilishi va jamiyatni demokratlashtirish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lganini ko‘rsatadi.

References

1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — T.: Oʻzbekiston, 2009.

2. Ахмедов Ғ., Саттаров А. Ўзбекистон: Инсон ҳуқуқлари ва қонунлари / масъул муҳаррир А.Х. Саидов. — Тошкент: Адолат, 1999. — Б. 12.

3. Таджихонов У. Закон. Человек. Государство. — Т.: Академия МВД, 1997. — С. 127–128

4. Inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalar: toʻplam / oʻzbekcha nashrining masʼul muharriri A.X. Saidov. — Toshkent: Adolat, 2004. — B. 30, 59.

5. Вена декларацияси ва инсон ҳуқуқлари бўйича Ҳаракат дастурининг 10 йиллигига бағишланган илмий-амалий конференция материаллари. — Тошкент, 2004. — Б. 8.

6. Principles relating to the Status of National Institutions (The Paris Principles). https://www.ohchr.org/en/instruments-mechanisms/instruments/principles-relating-status-national-institutions-paris

7. Венская декларация и программа действий: Сборник документов. — М., 2004. — С. 88

8. Каримов И.А. Ҳозирги босқичда демократия ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг муҳим вазифалари // Янгича фикрлаш ва ишлаш — давр талаби. Т. 5. — Тошкент: Ўзбекистон, 1997. — Б. 119

9. Бакаева Ф.Х. Олий Мажлиснинг инсон ҳуқуқлари бўйича вакили (омбудсман) тўғрисида Ўзбекистон Республикаси қонунига шарҳ. — Тошкент: Адолат, 2001. — Б. 19

Downloads

Published

2026-01-20

Issue

Section

Articles