TIBBIYOTDA DUAL TIZIMNING AHAMIYATI
Abstract
Zamonaviy tibbiyotda shifokor kadrlarni tayyorlash jarayoni murakkab va mas’uliyatli bo‘lib, talabaning amaliy ko‘nikmalari yetarli bo‘lmasa, nazariy jihatdan kuchli bo‘lsa ham klinik qaror qabul qilishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Shu sababli tibbiyot ta’limida dual tizimning qo‘llanilishi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dual tizim talabaning nazariy bilimlarini real klinik jarayon bilan uyg‘unlashtirish, klinik tafakkurni erta shakllantirish va bo‘lajak shifokorning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.