MEHNAT MIGRANTLARI HUQUQLARINING XALQARO HUQUQIY HIMOYASI
Abstract
Ushbu maqolada mehnat migrantlari huquqlarining xalqaro-huquqiy himoyasi tizimi chuqur tahlil qilingan bo‘lib, unda migratsiya jarayonlarining globallashuvi sharoitida xalqaro normalar, monitoring mexanizmlari va davlatlar oldidagi majburiyatlar o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqlik ochib beriladi. Tadqiqotda BMTning 1990-yilgi “Barcha mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Konvensiyasi, XMTning 97 va 143-sonli Konvensiyalari, Yevropa Kengashi, YeI hamda boshqa mintaqaviy institutlar tomonidan qabul qilingan hujjatlar xalqaro migrantlarning huquqiy maqomiga doir asosiy manba sifatida baholanadi. Maqolada mehnat migrantlariga tenglik, kamsitmaslik, xavfsiz mehnat sharoitlari, ijtimoiy ta’minot, shaxsiy daxlsizlik, oilaviy birlashish, shuningdek, noqonuniy migrantlar uchun ham minimal huquqiy kafolatlar berilishiga doir universal tamoyillar tizimli ochib beriladi. Tahlil jarayonida xalqaro mehnat migratsiyasi oqimlarining jadal sur’atda ortishi, ayrim davlatlarning selektiv migratsiya siyosati, “brain drain”, ekspluatatsiya, odam savdosi, majburiy mehnat kabi xavflarning kuchayishi sharoitida xalqaro huquq mexanizmlarining amaliy samaradorligi va ularning milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishidagi muammolar ilmiy-nazariy yondashuvlar asosida ko‘rib chiqilgan. Maqola shuningdek, xalqaro monitoring organlari – XMT Qo‘mitasi, BMT shartnoma organlari, Universal davriy ko‘rib chiqish (UPR), maxsus ma’ruzachilar institutining roli hamda ushbu mexanizmlarning davlatlar tomonidan bajarilishi bilan bog‘liq dolzarb masalalarni yoritadi.
References
1. International Labour Organization. ILO Global Estimates on International Migrant Workers;
2. Results and Methodology. Geneva: ILO, 2021;
3. Harvard Kennedy School. Global Skilled Migration Impact Report, 2018;
4. UN Human Rights Committee. Concluding Observations, 2019;
5. United Nations. Global Compact for Safe, Orderly and Regular Migration, 2018;
6. Amnesty International. Saudi Arabia’s Kafala System: Modern Slavery Practices, 2021;
7. United Nations Human Rights Office. Treaty Bodies and Special Procedures, 2021;
8. World Bank. Migration and Development Brief 35. Washington DC, 2021;
9. International Organization for Migration. World Migration Report 2022;
10. ILO. Vulnerability of Migrant Workers, 2020;
11. ILO. Global Estimates on International Migrant Workers, 2021;
12. ILO Convention No. 97 (1949) and ILO Convention No. 143 (1975).