DAVLAT CHEGARALARINI QO‘RIQLASHDA KUZATUV VA MONITORING TIZIMLARINING ROLI
Abstract
Ushbu maqolada davlat chegaralarini qo‘riqlashda kuzatuv va monitoring tizimlarining ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Bugungi kunda chegara xavfsizligini ta’minlashda faqat inson omiliga tayanish yetarli bo‘lmay, zamonaviy texnik vositalar, raqamli kuzatuv tizimlari, videomonitoring, dronlar, termal kameralar, signalizatsiya qurilmalari va tezkor axborot almashinuvi vositalaridan samarali foydalanish zarurati ortib bormoqda. Maqolada kuzatuv va monitoring tizimlarining chegara buzilishlarini erta aniqlash, noqonuniy migratsiya, kontrabanda, transmilliy jinoyatchilik va boshqa xavf-xatarlarning oldini olishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni chegara xizmati faoliyatiga joriy etish, ularni boshqaruvchi harbiy xizmatchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish va idoralararo axborot almashinuvini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
References
1. Boyqobilov E., Xolmirzayev I. Chegara xavfsizligining daxlsizligi va uning milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi sifatida muhimligi. // Scientific Progress, 2021.
2. Sirliyev A.M. Videokuzatuv tizimlarining jamoat xavfsizligidagi o‘rni va rivojlanish istiqbollari. // Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar, 2025.
3. Xudoykulov Z.T. Video kuzatuv tizimlarida qo‘llaniladigan xavfsiz aloqa protokollari. // Ilmiy maqola, 2025.
4. Boymurodov A.F. Dronlarda sun’iy intellektning qo‘llanilishi. // O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya instituti ilmiy materiallari, 2024.
5. Mardanov J.Q. Ommaviy tadbirlar davomida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishning samarali usullari. // Ta’lim innovatsiyasi va integratsiyasi, 2025.
6. Aralov M.M. Uchuvchisiz uchish apparatlarini kartografiya sohasida qo‘llash tamoyillari. // Ilmiy maqola, 2021.
7. Suyunov A.M., Muxammadieva M.U. Tashqi iqtisodiy faoliyatda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning ayrim jihatlari. // Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences, 2021.
8. Mirsagatov M., Murzayev R. Tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasidagi ayrim jihatlar. // O‘zbekiston bojxona axborotnomasi, 2021.
9. Muratova Sh. Tashqi savdoda texnik jihatdan tartibga solish xavfsizligini ta’minlashning xalqaro tajribasini milliy amaliyotga tatbiq etish. // O‘zbekiston bojxona axborotnomasi, 2021.
10. Achilov A.T. Bojxona sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurash nazariyasi va amaliyoti. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Bojxona instituti, 2023.
11. Rustamova M.Y. Chegara veterinariya punktlarida axborot almashish jarayonlarini tashkil etishda xalqaro tajriba tahlili. // Raqamli iqtisodiyot ilmiy-elektron jurnali, 2026.
12. Ubaydullayev Sh., G‘afurov B., Ortiqov O. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik. Darslik. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2017.
13. Sotib-Oldiyev A., Karimjonov A. Harbiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, 2009.
14. Nasriddinov Ch.R. Harbiy psixologiya. – Toshkent: Fan nashriyoti, 2004.
15. Sultonmurodov S.D. Axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta’minlashning omillari va o‘ziga xos jihatlari. // Ilmiy maqola, 2022.