RASSOM O‘KTAM SAIDOV IJODIDA SHARQ FALSAFASI VA O‘ZIGA XOS KOMPOZITSION YECHIM
Abstract
Ushbu maqolada rassom O‘ktam Saidov ijodi haqida so’z borgan. Rassom asarlarining kompozitsion yechimi va badiiy tahlili batafsil yoritilgan. Kartinalarda ranglar uyg‘unligi, obrazlar joylashuvi, ramziy detallar hamda falsafiy mazmunning badiiy ifodasi ochib berilgan. Muallifning daraxt, tosh va o‘simlik kabi timsollar orqali insonning hayot mazmuni, intilish va ruhiy poklanish g‘oyalarini tasvirlash mahorati keng yoritilgan. Shuningdek, asarlardagi rang kontrasti va markaziy kompozitsiyaning tomoshabinga ruhiy-ta’sirchan kayfiyat berishdagi o‘rni tahlil etilgan.