MOLIYAVIY NATIJALARNI KO‘P O‘ZGARUVCHILI MODELLASHTIRISH: PROGNOSTIK JIHAT
Abstract
Hozirgi davr salmoqli iqtisodiy oqibatlarga ega bo‘lgan bir qator hodisalar bilan tavsiflanadi. Moliya sektoridagi murakkab muhit sharoitida kompaniyalarning kengayishi va rivojlanishi zarurati doimiy bo‘lib qolmoqda. Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati, tavakkalchilikning ortganiga qaramay, bozorga doimiy ravishda yangi ishtirokchilarning qo‘shilishi bilan ajralib turadi. Korxonani rivojlantirishning kompleks strategiyasini shakllantirish uning raqobatdagi ustunliklari va zaif tomonlarini aniqlash uchun faoliyatini sinchkovlik bilan tahlil qilishni talab etadi. Tashkilotning barqaror faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun o‘tmishdagi moliyaviy natijalar nafaqat baholanishi, balki ustun tendensiyalarni aniqlash maqsadida istiqbolda ham tahlil qilinishi shart. Moliyaviy ko‘rsatkichlarning retrospektiv va prognoz tahlillari natijalari foydani optimallashtirish bo‘yicha qarorlar sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi va shu bilan tijorat tashkilotining raqobatbardoshligini rivojlantirish, oshirish hamda mustahkamlash uchun zamin yaratadi. Tanlangan mavzuning dolzarbligi ana shu holatlar bilan belgilanadi.
References
1. Donsova L.V. Analiz finansovoy otchetnosti – M.: Delo i servis, 2020. – 144.;
2. Xramchenko Ye. A., Bolotnova Ye. A. Osenka i analiz finansovogo sostoyaniya kommercheskix organizasiy v usloviyax riska/ Ye. A. Xramchesko, Ye. A. Bolotnova. - KubGAU, 2021-151.;
3. Kengesbayevich, R. M. (2025). PERSONAL VALUES IN THE STRUCTURE OF SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION. AMERICAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY BULLETIN, 3(1), 1-4.
4. Kengesbayevich, R. M. (2025). Problems of Life Activity of the Elderly. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 40, 180-181.