KORPUSGA ASOSLANGAN VOSITALAR ORQALI LUG‘AT O‘RGATISH
Abstract
Mazkur maqolada ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganayotgan o‘quvchilarga lug‘at o‘rgatishda korpusga asoslangan vositalardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi. Zamonaviy til ta’limida autentik til materiallaridan foydalanish, o‘quvchilarning mustaqil izlanishini rag‘batlantirish va so‘zlarning real kontekstdagi qo‘llanishini ko‘rsatish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Korpuslar millionlab real til birliklaridan tashkil topgan elektron ma’lumotlar bazasi sifatida o‘quvchilarga so‘zlarning ma’nosi, grammatik xususiyatlari, kollokatsiyalari va qo‘llanish chastotasini bevosita kuzatish imkonini beradi. Maqolada korpusga asoslangan lug‘at o‘rgatishning nazariy asoslari, Data-Driven Learning (DDL) yondashuvi, konkordans vositalari hamda ularning EFL o‘quvchilarining lug‘at bilimiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot mavjud ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish asosida olib borildi. Tahlil natijalari korpusdan foydalanish qisqa muddatli lug‘at o‘zlashtirish bilan bir qatorda so‘zlarning chuqurroq bilimini shakllantirishga ham yordam berishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, korpus vositalaridan samarali foydalanish o‘quvchining til darajasi, korpus bilan ishlash bo‘yicha tayyorgarligi va o‘qituvchining metodik yordami bilan bevosita bog‘liq.
References
1. Barabadi, E., & Khajavi, Y. (2017). The effect of data-driven approach to teaching vocabulary on Iranian students’ learning of English vocabulary. Cogent Education, 4(1).
2. Boulton, A., & Cobb, T. (2017). Corpus use in language learning: A meta-analysis. Language Learning.
3. Can, H. (2023). Using corpora in teaching vocabulary to advanced EFL learners in a higher education context. Language Learning in Higher Education, 13(2), 461–477.
4. Lee, P., & Lin, H. (2019). The effect of the inductive and deductive data-driven learning on vocabulary acquisition and retention. System, 81, 14–25.
5. Otto, P. (2021). Choosing specialized vocabulary to teach with data-driven learning: An example from civil engineering. English for Specific Purposes, 61, 32–46.
6. Tosun, S., & Sofu, H. (2023). The Effectiveness of Data-Driven Vocabulary Learning: Hands-on Concordancing through a Pedagogical Corpus. Journal of Language and Education, 9(3), 177–191.
7. Effective corpus use in second language learning: A meta-analytic approach. Applied Corpus Linguistics, 3(3), 100076 (2023).