MAJBURIY IJRO BUYROSI TIZIMIDA ELEKTRON IJRO TIZIMINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI: XALQARO TAJRIBA
Keywords:
elektron ijro tizimi, qarzdorlikni undirish, raqamli texnologiyalar, sud hujjatlarining ijrosi, majburiy ijro, blokcheyn texnologiyasi;Abstract
Ushbu maqolada qarzdorlikni undirishda elektron ijro tizimlarining ahamiyati va ularning samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilinadi. Elektron ijro tizimlarining joriy etilishi sud hujjatlarining tezkor va shaffof ijro etilishini ta’minlashi, inson omili ta’sirini kamaytirishi hamda ijro jarayonining samaradorligini oshirishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasi o‘rganilib, O‘zbekiston qonunchiligiga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Maqolada elektron ijro tizimlarini takomillashtirish uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, raqamli ijro jarayonining xavfsizligini ta’minlash va huquqiy asoslarini mustahkamlash bo‘yicha muhim tavsiyalar beriladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 03-yanvar “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-1-sonli farmoni.
2. Yevropa Ittifoqi “E-Justice” platformasi haqida rasmiy ma’lumotlar. https://e-justice.europa.eu
3. OECD (Organisation for Economic Co-operation and Development) – “Best Practices in Digital Enforcement of Judicial Decisions”, 2019.
4. Internet manbalari:
• https://lex.uz - O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik bazasi.
• https://mib.uz - O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosi rasmiy sayti.