BARQAROR QISHLOQ XO‘JALIGI LOYIHALARINI RIVOJLANTIRISHNING OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDAGI O‘RNI

Authors

  • Qodirov Jasurbek Abubakir o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bosh mutaxassisi – O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistratura bosqichi tinglovchisi Author

Abstract

O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash davlat siyosati darajasida muhim ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Shu maqsadda so‘nggi yillarda qator innovatsion va intensiv qishloq xo‘jaligi loyihalari amalga oshirildi. Ushbu loyihalarning asosiy maqsadi aholini uzluksiz, arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ichki bozor barqarorligini saqlash hamda eksport salohiyatini oshirishdan iborat.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan asosiy qishloq xo‘jaligi loyihalari haqida quyida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

“Oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi” (FSA) dasturini amalga oshirish orqali oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish hajmini oshirish, logistika va saqlash tizimini rivojlantirish maqsad qilingan. Loyihani 2021-2030-yillarda amalga oshirish maqsad qilingan. Loyiha doirasida 2024-yilda 1,3 mln tonna sabzavot va mevalar zaxirasi yaratildi va 10 tadan ortiq agrologistika markazlari qurildi. 1000 dan ortiq kichik fermerlar ushbu dastur doirasida kreditlar bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Intensiv bog‘dorchilik va tokchilikni rivojlantirish bo‘yicha Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo, Andijon viloyatlarida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Loyihalar doirasida yangicha yaratilayotgan yuqori hosilli, iqlimga mos meva navlari ekildi. Zamonaviy tomchilab sug‘orish tizimlari joriy etildi. 1 gektardan olinadigan daromad 2-3 barobarga oshdi. Eksportbop mahsulotlar yetishtirila boshlandi.

“Smart Agriculture” – raqamli qishloq xo‘jaligi platformasi loyihasini amalga oshirishdan maqsad qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali yetishtirish samaradorligini oshirish hisoblanadi.

Hozirda yer maydonlarining sog‘ligi va unumdorligini monitoring qilish, meteodasturlar asosida sug‘orish va o‘g‘itlash to‘g‘risida tavsiyalar berish orqali 2024-yilga qadar 800 dan ortiq fermer raqamli hisobot tizimiga o‘tdi, yalpi hosilning 10-15%gacha oshishiga erishildi.

O‘g‘it va kimyoviy moddalardan oqilona foydalanish loyihalari ekinlarga aniq miqdorda va maqsadli o‘g‘it berish orqali oziq-ovqat sifati va hosildorligini oshirishga xizmat qilmoqda. dronlar orqali defoliantlar va o‘g‘itlar sepish, tuproq tahlili asosida uskunalar yordamida o‘g‘it miqdorini aniqlash natijasida 1 gektarda o‘rtacha o‘g‘it sarfi 30-40% kamaydi, sifatli mahsulot yetishtirish orqali ichki bozorda narx barqarorligi ta’minlandi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi // https://president.uz

2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. (2024). Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha Milliy dastur (2023–2030-yillar). Toshkent.

3. Alimov A. A., & Xolbekov M. M. (2022). Agrotexnologiyalar va raqamli qishloq xo‘jaligi. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti.

4. Toshov B. R., & Karimov O. B. (2023). Qishloq xo‘jaligida raqamli innovatsiyalar va intensiv texnologiyalar. // “Agrosanoat” ilmiy-amaliy jurnali, №2, 45–52-betlar.

5. FAO (2022). Digital Agriculture and Smart Irrigation Solutions in Central Asia. Food and Agriculture Organization of the United Nations. https://www.fao.org

6. Sodiqov, N. R. (2023). Barqaror qishloq xo‘jaligi rivojida zamonaviy agroinnovatsiyalar. // O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi, №1(75), 60–68-betlar.

7. Jahon banki (2023). Innovatsion qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi loyihalari bo‘yicha hisobot. Toshkent: Jahon banki O‘zbekiston vakolatxonasi.

8. Karimova D. R. (2024). Intensiv dehqonchilik va iqlimga mos agrotexnika uslublari. // Ilm va taraqqiyot yo‘lida, №4, 30–35-betlar.

Downloads

Published

2025-09-13