BARQAROR QISHLOQ XO‘JALIGI LOYIHALARINI RIVOJLANTIRISHNING INTENSIV VA INNOVATSION YECHIMLARI

Authors

  • Qodirov Jasurbek Abubakir o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bosh mutaxassisi – O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistratura bosqichi tinglovchisi Author

Keywords:

Barqaror qishloq xo‘jaligi loyihalari, uchuvchisiz uchish apparatlari, raqamlashtirish, quyosh panallari, yaylov yerlaridan samarali foydalanish.

Abstract

Dunyo miqyosida yuzaga kelayotgan iqlim o‘zgarishlari, aholi sonining o‘sishi, suv va yer resurslarining cheklanganligi kabi global muammolar barqaror qishloq xo‘jaligini ta’minlashga bo‘lgan talabni yanada kuchaytirmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston kabi agrar davlatlarda bu muammolarni hal qilishning asosiy yo‘li -intensiv va innovatsion yechimlar asosida qishloq xo‘jaligi loyihalarini shakllantirishdir. Mazkur maqolada ana shu yechimlar mazmuni, ularning samaradorligi va rivojlanish istiqbollari haqida so‘z yuritiladi.

Tadqiqot doirasida amalga oshirilgan o‘rganish va tahlillari shuni ko‘rsatadiki, ayni paytda qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirishda uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish,  qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining ixtisosligini o‘zgartirish, yaylov yerlarining boshqaruv tizimini takomillashtirish, iqlim o‘zgarishi sharoitida quyosh panellari ostida mahsulot yetishtirish, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishni yanada kengaytirish, tuproq unumdorligini innovatsion texnologiyalar orqali oshirish eng zarur islohotlar va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi // https://president.uz

2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. (2024). Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha Milliy dastur (2023–2030-yillar). Toshkent.

3. Alimov A. A., & Xolbekov M. M. (2022). Agrotexnologiyalar va raqamli qishloq xo‘jaligi. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti.

4. Toshov B. R., & Karimov O. B. (2023). Qishloq xo‘jaligida raqamli innovatsiyalar va intensiv texnologiyalar. // “Agrosanoat” ilmiy-amaliy jurnali, №2, 45–52-betlar.

5. FAO (2022). Digital Agriculture and Smart Irrigation Solutions in Central Asia. Food and Agriculture Organization of the United Nations. https://www.fao.org

6. Sodiqov, N. R. (2023). Barqaror qishloq xo‘jaligi rivojida zamonaviy agroinnovatsiyalar. // O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi, №1(75), 60–68-betlar.

7. Jahon banki (2023). Innovatsion qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi loyihalari bo‘yicha hisobot. Toshkent: Jahon banki O‘zbekiston vakolatxonasi.

8. Karimova D. R. (2024). Intensiv dehqonchilik va iqlimga mos agrotexnika uslublari. // Ilm va taraqqiyot yo‘lida, №4, 30–35-betlar.

Downloads

Published

2025-09-13