FARG‘ONA VILOYATI SHAROITIDA DORIVOR ROZMARIN (ROSMARINUS OFFICINANUS L) YETISHTIRISH TEXNALOGIYASI
Keywords:
Rozmarin, Rosmarinus officinalis, dorivor o‘simliklar, efir moyi, agrotexnologiya, Farg‘ona viloyati, vegetatsiya davri, ko‘paytirish usullari, sug‘orish me’yori, o‘g‘itlash, agroiqlim sharoitlari, hosildorlik.Abstract
Ushbu maqolada Farg‘ona viloyati agroiqlim sharoitida dorivor o‘simlik — Rozmarin (Rosmarinus officinalis L.)ni yetishtirish texnologiyasining asosiy bosqichlari ilmiy asosda yoritilgan. Mintaqaning iqlim, tuproq, namlik va harorat ko‘rsatkichlari rozmarinning vegetatsiya davri, o‘sish sur’ati va efir moyi yig‘ilishi bilan bog‘liq holda tahlil etilgan. Maqolada rozmarinni ko‘paytirish usullari (urug‘, so‘qmoq, qatlama), parvarishlash agrotexnikasi, ekish me’yorlari, sug‘orish talablari, o‘g‘itlash tizimi, begona o‘tlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash usullari bosqichma-bosqich ta’riflangan. Shuningdek, yuqori hosilli rozmarin plantatsiyasini tashkil etish, o‘simlikni vegetatsiya davomida shakllantirish, o‘rim-terim muddati, quritish va saqlash texnologiyalari yoritilgan. O‘rganish natijalari Farg‘ona viloyati sharoitida rozmarin yetishtirishning samarali modeli va resurs tejamkor texnologiyalarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
References
1. Karimov V., Shomahmudov A. Xalq tabobati va zamonaviy ilmi tibda qollaniladigan shifobaxsh osimliklar. Toshkent, 1993.
2. KursanovA. I. vaboshqalar. Botanika 2-tom –Toshkent, 1963.
3. Mustafoyev.S.M. Botanika –Toshkent, 2002.
4. Nabiyev M. Botanika atlas-lug’ati. —Toshkent, 1969.
5. Oripov.R.O, Xalilov.N.X. Osimlikshunoslik –Toshkent, 2007.
6. Pratov.O.P, Nabiyev.M.M. Ozbekiston yuksak o`simliklarning zamonaviy tizimi Toshkent, 2007.