ARTERIAL GIPERTONIYA VA UNING ASORATLARI
Keywords:
arterial gipertoniya, arterial qon bosimi, yurak-qon tomir kasalliklari, gipertonik kriz, miokard infarkti, insult, yurak yetishmovchiligi, profilaktika, sog‘lom turmush tarzi.Abstract
Arterial gipertoniya yurak-qon tomir tizimi kasalliklari orasida eng keng tarqalgan va dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu kasallik arterial qon bosimining doimiy ravishda oshib borishi bilan tavsiflanib, uzoq vaqt davomida klinik belgilarsiz kechishi mumkin. Natijada bemorlar kasallikni kech aniqlab, og‘ir asoratlar bilan shifokorga murojaat qilishadi. Mazkur ilmiy maqolada arterial gipertoniyaning kelib chiqish sabablari, asosiy xavf omillari va klinik belgilari batafsil yoritilgan. Shuningdek, kasallikning yurak, miya, buyrak va ko‘rish a’zolariga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Arterial gipertoniyaning infarkt va insult kabi hayot uchun xavfli asoratlarga olib kelish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada kasallikni erta aniqlash va uning asoratlarini oldini olishda profilaktik choralar va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari arterial gipertoniyani nazorat qilish aholining sog‘lig‘ini saqlashda muhim o‘rin tutishini tasdiqlaydi.
References
1. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti. Arterial gipertoniya bo‘yicha klinik tavsiyalar (WHO, 2023).
2. Braunvald E. Heart Disease: A Textbook of Cardiovascular Medicine. 11th edition.
3. Harrison T.R. Principles of Internal Medicine. 20th edition.
4. Kaplan N.M. Clinical Hypertension.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha milliy protokollar.