FIZIKA FANINI O‘QITISHDA O‘QUVCHI FANTAZIYASI VA IJODIY FIKRLASHNING O‘RNI

Authors

  • Djanikulov Sherali Baxodirovich Author
  • Islomov Murodulla Umarovich Author

Keywords:

fantaziya, ijodiy fikrlash, modellashtirish, simulyatsiya, vizualizatsiya, standart metod, innovatsion g‘oyalar.

Abstract

Fizika – tabiatni va uning harakat va aloqalarini o‘rganadigan fan bo‘lib, fizika fanini o‘rganish, tabiat qonunlarini tushunish, ularni amaliy jihatdan qo‘llash jarayonida o‘quvchilarning fantaziyasi va ijodiy fikrlash qobiliyatlari muhim o‘rin tutadi. Fizika fani ko‘pincha abstrakt tushunchalar, matematik modellar va murakkab nazariy konsepsiyalarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun, fanni to‘liq va aniq tushunish, uning mazmunni chuqur o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda nafaqat nazariy bilim, balki ijodiy fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatlari ham rivojlanishi kerak.

Bu maqolada, fizika fanini o‘qitishda o‘quvchi fantaziyasining va ijodiy fikrlashning o‘rni, ularning ahamiyati va bu qobiliyatlarni rivojlantirish yo‘llari haqida so‘z yuritiladi.

Downloads

Published

2024-12-30