TRAYEKTORIYA BO‘YLAB HARAKATLANAYOTGAN OBYEKT UCHUN ULTRATOVUSH SIGNALINI APPROKSIMATSIYALASH

Authors

  • Cho‘lliyev Ya‘qubjon Ergashovich Author
  • Yunusova Sayyora Toshkenboyevna Author
  • Nig‘matova Risolatxon Saidakbar qizi Author

Keywords:

ultratovush, datchik, impuls, signal, chastota, to‘lqinlar, dastur, xarakteristika, o‘rnatish, masofa, o‘lchashlar, barqarorlik.

Abstract

Maqolada ma’lum bir trayektoriya bo‘ylab harakatlanuvchi obyektlar uchun ultratovush signalini approksimatsiyalash usullari ko‘rib chiqiladi. Harakatdagi obyektlar ultratovush signallarini ularning tezligi, yo‘nalishi va datchikgacha bo‘lgan masofasiga qarab buzishi mumkin, bu esa ma’lumotlarni aniq qayta ishlash uchun o‘ziga xos matematik va fizik modellardan foydalanishni talab qiladi. Bunday signallarni yaqinlashtirish o‘lchash aniqligini oshirish imkonini beradi, bu masofaviy zondlash, tibbiy diagnostika, buzmasdan nazorat qilish va navigatsiya tizimlari kabi turli sohalar uchun muhimdir. Ushbu ishda obyektning to‘siqqacha bo‘lgan masofasini o‘lchash masalalari ko‘rib chiqilgan. Ultratovushli dalnomerning ishlash printsipi o‘rganildi. Datchikni ulashning prinsipial sxemasi yaratildi. Ultratovushli dalnomerning vaqt diagrammalari o‘rganildi. S++ tilida dasturiy ta’minot tuzilgan va laboratoriya stendlarida tekshirilgan. Ultratovushli HC-SR04 datchigi parametrlari bo‘yicha kalibrlandi.

References

1. Ultrazvuk: Malenkaya ensiklopediya / Gl. red. I. P. Golyamina https://ru.wikipedia.org/wiki/Ultrazvuk._Malenkaya_ensiklopediya. Dokumentatsiya na ultrazvukovoy dalnomer US015: Ultrasonic Ranging Module http://akizukidenshi.com/download/ds/sainsmar/US015Manul.pdf

2. Ultrazvukovoy dalnomer HC-SR04: podklyucheniye, sxema i primeri raboti–http://wiki.amperka.ru/produkti:hc-sr04-ultrasonic-sensor-distance-odule

3. Ultrazvukovoy datchik HC-SR04+ (rasstoyaniya, dvijeniya)–https://wiki.iarduino.ru/page/ultrazvukovoy-datchik-izmereniya-rasstoyaniya-hc-sr04/

4. Arduino HC-SR04 – Rejim dostupa: https://arduinomaster.ru/datchiki-arduino/ultrazvukovoj-dalnomer-hc-sr04/

Downloads

Published

2025-03-30