XALQARO DAVLATLAR TAJRIBASIDA SUN’IY INTELLEKT IJODINING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI
Keywords:
sunʼiy intellekt, mualliflik huquqi, ijodiy faoliyat, huquqiy maqom, intellektual mulk, raqamli texnologiyalar.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada sunʼiy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida ijodiy faoliyat natijasida yuzaga kelayotgan yangi huquqiy munosabatlar tahlil qilinadi. Xususan, sunʼiy intellekt orqali yaratilgan ijod namunalarining huquqiy maqomi, ularning mualliflik huquqi tizimidagi o‘rni hamda amaldagi milliy va xalqaro qonunchilik doirasida tartibga solinish masalalari keng qamrovda o‘rganiladi.
Maqolada sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan asarlarni inson ijodiy ishtiroki mavjud bo‘lgan holatlar va to‘liq avtomatlashtirilgan ijod mahsulotlari sifatida tasniflash orqali ularning huquqiy baholanishidagi farqlar yoritiladi. Xalqaro tajriba, jumladan AQSh, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Germaniya va Yevropa Ittifoqi huquqiy yondashuvlari tahlil qilinib, sunʼiy intellektni muallif sifatida tan olish masalasiga nisbatan mavjud qarashlar solishtiriladi. Shu bilan birga, sunʼiy intellekt tomonidan mustaqil yaratilgan asarlarning mualliflik huquqi bilan himoyalanishi masalasidagi huquqiy bo‘shliqlar va bahsli jihatlar ochib beriladi.
Maqolada sunʼiy intellekt orqali yaratilgan ijod namunalarini huquqiy jihatdan tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqiladi.