O‘ZBEK FOLKLOR JANRLARIDA DO‘STLIK MOTIVINING BADIIY VA TARBIYAVIY AHAMIYATI
Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarida uchraydigan do‘stlik motivining badiiy va tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilinadi. Folklor janrlari – ertaklar, maqol va she’rlarda do‘stlik, sadoqat, hamjihatlik, o‘zaro yordam kabi insoniy fazilatlarning badiiy ifodasi ilmiy jihatdan o‘rganilgan. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi namunalarida aks etgan do‘stlik motivining yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashdagi o‘rni yoritilgan. Maqolada folklor asarlarining pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinib, ularning boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ijobiy sifatlarni shakllantirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Shu bilan birga, tadqiqot jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun yangi joriy etilgan 3-sinf o‘qish savodxonligi darsliklaridagi folklor namunalarining mazmuni va ularning tarbiyaviy imkoniyatlari tahlil qilindi.
References
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. Xalq soʻzi. 2020-yil 25-yanvar. № 19 (7521)
Botirova F. Folklor va folklorizmlarning o‘zaro moslashuvi. ‒Toshkent: Advancesin Science and Education 2025.
Mirzayev T. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. ‒Toshkent: O‘zbekiston, 2006.
Aydarova U.B, Azizova N.K. O‘qish savodxonligi. 3-sinf 2-qism. ‒Toshkent: Novda 2023.
Oxunjon Safarov. O‘zbek xalq o‘gzaki ijodi. ‒ Toshkent: Musiqa 2010.
www.science-education.uz