TOG‘AY MUROD ASARLARIDA LEKSIK BIRLIKLARNING POETIK VA EKSPRESSIV IMKONIYATLARI
Keywords:
leksik birlik, poetik leksika, ekspressiv leksika, stilistika, Tog‘ay Murod, badiiy til, metafora, takror, frazeologizm, rang timsoli.Abstract
Ushbu maqola Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” (1994) va “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” romanlarida leksik birliklarning poetik va ekspressiv imkoniyatlarini ilmiy jihatdan o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida muallif badiiy tilining o‘ziga xos xususiyatlari — takrorlar, metaforalar, rang timsollari, xalqona frazeologizmlar, ekspressiv fe’llar va sintaktik parallelizm kabi vositalar lingvistik hamda stilistik tahlil usullari orqali ko‘rib chiqilgan. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, Tog‘ay Murod leksik birliklarni yozuvchilik mahorati bilan to‘ldirib, milliy til va xalq ruhiyatining teran qatlamlarini ifodalashga erishgan. So‘z tanlash, gap qurilishi va sintaktik takrorlarning bir-biriga uyg‘unlashuvi orqali adib o‘quvchiga his-tuyg‘u va milliy ong uyg‘otishga, xalq tarixini poetik tilda bayon qilishga muvaffaq bo‘lgan.
References
1. Saussure F. de. Kurs obshchey lingvistiki. — Moskva, 1977. — B. 98–115.
2. Nurmonov A. O‘zbek tilining leksikologiyasi. — Toshkent, 2015. — B. 45–78.
3. Is’hoqov Y. So‘z san’ati so‘zligi. — Toshkent, 2014. — B. 112–134.
4. Arnold I.V. Stilistika sovremennogo angliyskogo yazyka. — Leningrad, 1981. — B. 142–168.
5. Galperin I.R. Stylistics. — Moscow, 1977. — P. 67–89.
6. Wales K. A Dictionary of Stylistics. — Harlow, 2011. — P. 143–145.
7. Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. — Chicago, 1980. — P. 3–13.
8. Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar. — Toshkent: Sharq, 1994. — B. 1, 3, 16.
9. Tog‘ay Murod. Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi. — B. 1, 5.