YUQORI SINF O’QUVCHILARIDA KASBIY KOMPONENTLARINING SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI IJTIMOIY-PSIXLOGIK XUSISIYATLAR
Keywords:
kasbiy yo‘nalish, kasbiy komponent, motivatsiya, o‘smirlik davri, ijtimoiy muhit, kasb tanlashAbstract
Mazkur tezis yuqori sinf o‘quvchilarida kasbiy komponentlarning shakllanish jarayonini ijtimoiy-psixologik yondashuv asosida tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda o‘smirlik davrida kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy psixologik omillar — shaxsiy qiziqishlar, ichki va tashqi motivatsiya, o‘zini anglash darajasi hamda ijtimoiy muhitning roli kompleks tarzda yoritib beriladi. Kasbiy yo‘nalishning shakllanishi shaxs rivojlanishidagi muhim bosqichlardan biri sifatida qaralib, ushbu jarayonning muvaffaqiyatli kechishi o‘quvchining psixologik tayyorgarligi va ijtimoiy tajribasi bilan bevosita bog‘liqligi asoslab beriladi.Tezisda oilaviy muhit, maktab ta’limi, pedagoglar va tengdoshlar guruhi kabi ijtimoiy omillarning yuqori sinf o‘quvchilarining kasbiy qarorlariga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, ota-onaning kasb tanlashdagi pozitsiyasi, ijtimoiy kutishlar va jamiyatda mavjud kasbiy stereotiplarning o‘quvchi shaxsida ichki ziddiyat yoki, aksincha, kasbiy aniqlikni shakllantirishdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Ushbu jihatlar kasbiy komponentlarning barqaror rivojlanishiga ta’sir etuvchi muhim ijtimoiy-psixologik shartlar sifatida baholanadi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. “Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
2. Klimov E.A. Kasb tanlash psixologiyasi. – Moskva: Akademiya, 2004. – 46–48-betlar.
3. Super D.E. Career Development Theory. – New York: Harper & Row, 1990. – 114–118-betlar.
4. Nemov R.S. Psixologiya. Shaxs psixologiyasi. – Moskva: Vlados, 2003. – 112–116-betlar.
5. Asmolov A.G. Shaxs psixologiyasi. – Moskva: MGU, 2002. – 79–83-betlar.