RAHBAR SHAXSIDA INTUITSIYA, TAJRIBA VA KASBIY SEZGIRLIKNING BOSHQARUV QARORLARIDAGI O‘RNI
Keywords:
rahbar shaxsi, intuitsiya, kasbiy tajriba, kasbiy sezgirlik, boshqaruv qarorlari, boshqaruv psixologiyasi, liderlik, qaror qabul qilish, rahbarlik kompetensiyasi, intuitiv yondashuv.Abstract
Mazkur maqolada rahbar shaxsining boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida intuitsiya, kasbiy tajriba va sezgirlikning tutgan o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Boshqaruv faoliyatida rahbar nafaqat aniq ma’lumotlar, me’yoriy hujjatlar va tahliliy xulosalarga, balki o‘zining ichki sezgisi, kasbiy kuzatuvchanligi hamda ko‘p yillik amaliy tajribasiga ham tayanadi. Ayniqsa, noaniqlik, vaqt tanqisligi yoki ziddiyatli vaziyatlarda intuitiv yondashuv rahbarga tezkor va maqbul qaror qabul qilish imkonini beradi. Maqolada intuitsiya rahbarning tasodifiy his-tuyg‘usi emas, balki tajriba, bilim, kuzatuvchanlik, vaziyatni anglash va kasbiy sezgirlik asosida shakllanadigan murakkab psixologik jarayon sifatida talqin etiladi.
References
1. Nabiyev E.G., G‘oyibnazarov S.B., Alimxodjayeva N.E. Menejment. Marketing. Darslik. — Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2019. — 584 b.
2. Xo‘djamuratova G.Yu., Azlarova M.M. Menejment. Marketing. Darslik. — Toshkent: Iqtisodiyot, 2019. — 359 b.
3. Qosimova D.S. Menejment nazariyasi. Darslik. — Toshkent: Tafakkur bo‘stoni, 2011. — 335 b.
4. Yusupov E.D., Kusharov Z.K. Menejment nazariyasi. O‘quv qo‘llanma. — Toshkent: Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi, 2019. — 320 b.
5. Yo‘ldoshev N.Q. Strategik menejment. Darslik. — Toshkent: Iqtisodiyot, 2019. — 122 b.
6. Murodova M., Abdullayeva D. Menejment va marketing asoslari. — Toshkent, 2020. — 275 b.
7. Xamidova Sh.X. Ta’lim muassasalarida menejment. — Toshkent, 2021. — 190 b.
8. Ro‘ziboyev N.R. Menejment psixologiyasi. — Toshkent: O‘qituvchi, 2018. — 205 b.
9. Yulchiyeva Z.N. Boshqaruv psixologiyasi. Darslik. — Toshkent, 2021. — 267 b.
10. Tillashayxova X.A., Raximova I.G‘. Boshqaruv psixologiyasi. Darslik. — Urganch, 2022.
11. Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016.