YANGI AVLOD KOMPYUTERLAR VA ULARNING IMKONIYATLARI
Keywords:
Neyrokompyuterlar, sun'iy intellekt, neyron tarmoqlari, mashinani o'rganis, arxitektura, kirish qatlami, yashirin qatlamlar, chiqish qatlami, Forward Propagation, Backpropagation, o'yin sanoati. 5-avlod kompyuterlari, tabiiy tilni qayta ishlash, parallel hisoblash, VLSI texnologiyalari, bilim bazalari, kvant hisoblash, avtomatlashtirish, yuqori samaradorlik, superkompyuterlar.Abstract
Neyrokompyuterlar, inson miyasining ishlash prinsipiga asoslangan sun'iy intellektning bir turi sifatida, murakkab hisoblash vazifalarini bajarish,ma'lumotlarni analiz qilish, va xulosa yasash qobiliyatiga ega. Bu maqolada neyrokompyuterlarning asosiy tuzilishi, ishlash prinsiplari, va turli sohalardagi qo'llanilishini va 5-avlod kompyuterlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Ushbu avlod kompyuterlari o‘ta yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellekt, parallel hisoblash tizimlari, va tabiiy tilni qayta ishlash imkoniyatlari bilan ajralib turadi. 5-avlod kompyuterlari inson bilan tabiiy muloqotni rivojlantirish, murakkab ilmiy va muhandislik masalalarini hal qilishga qaratilgan. Ular VLSI va ULSI mikrosxema texnologiyalari, bilim bazalari, hamda kvant hisoblash texnologiyalaridan foydalanadi. Ushbu avlodning asosiy qo‘llanish sohalariga superkompyuterlar, robototexnika, ilmiy tadqiqotlar va avtomatlashtirilgan tizimlar kiradi. 5-avlod kompyuterlari texnologiyaning yangi bosqichi bo‘lib, axborotni qayta ishlash tezligi va intellektual imkoniyatlarni sezilarli darajada oshiradi. Maqola o‘quvchilarni ushbu mavzu haqida kengroq tushunchaga ega bo‘lishga va yangi texnologiyalarning istiqbolli yo‘nalishlari haqida o‘ylashga undaydi.
References
1. Bishop, C. M. (2006). "Pattern Recognition and Machine Learning." Springer.
1. Murphy, K. P. (2012). "Machine Learning: A Probabilistic Perspective." The MIT Press.
2. Murakkab Mikroprotsessor Dizayni: Tizim Yondashuvi* Ilg'or Mikroprotsessor Dizayn: A Tizimlari Approa (2020). Snyder, L., & Kumar, R.. Springer.
3. Beshinchi avlod kompyuter tizimlari va ularning rivojlanishi* Beshinchi Gen (2017). Kukushkin, M. V., & Batyuk, D. E..