FRANSUZ TILIDA ARTIKLLARNING TURLARI VA ULARNING ISHLATILISHI

Authors

  • Yovqocheva Mohinur Ne’matulla qizi Toshkent shahar Shayxontohur tumani M.Vosiqova nomidagi yuridik litsey fransuz tili o’qutuvchi Author

Keywords:

Fransuz tili, artikl, aniq artikl, noaniq artikl, to‘plov artikl, grammatik qoida, ot bilan kelishuv, sanaladigan otlar, sanalmaydigan otlar, inkor gap, umumlashtirish, tilshunoslik.

Abstract

Ushbu maqolada fransuz tilidagi artikllarning turlari, ularning grammatik vazifalari va ishlatilish holatlari tahlil qilinadi. Maqolada noaniq artikl (un, une), aniq artikl (le, la, les) hamda qisqartirilgan va to‘plov artikllar (du, de la, des) haqida batafsil maʼlumot berilgan. Har bir artikl turi misollar bilan yoritilib, ularning gapdagi sintaktik vazifasi va maʼno jihatidan o‘zaro farqlari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, artikllarning inkor gaplar, umumlashtiruvchi tuzilmalar, sanaladigan va sanalmaydigan otlar bilan qo‘llanishiga alohida eʼtibor qaratilgan. Maqola fransuz tili grammatikasini o‘rganayotgan talabalar va o‘qituvchilar uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

Downloads

Published

2025-06-01