“BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA HISSIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHDA O’YIN METODLARIDAN FOYDALANISH”
Keywords:
hissiy intellekt, o'yin metodlari, boshlang'ich sinf o'quvchilari, hamdardlik, muloqot, shaxsiyatni shakllantirish, o’quv jarayoni, tarbiya, pedagogika, hissiyotlarini nazorat qilish, ijodiy yondashuv, faollik, ijtimoiy ko’nikmalar, mojarolardan chiqish, o’zini namoyon etish, hamkorlik, emotsional savodxonlik, xavfsiz muhit, shaxslararo munosabatlarAbstract
Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida hissiy intellektni oshirish jarayonida o'yin metodlarini qo'llashning ahamiyati yoritiladi. Hissiy intellekt — bu o'z hissiyotlarini tushunish, nazorat qilish va to’g’ri ifoda etish hamda atrofidagi odamlarning hissiyotlarini aniqlash va hisobga olish qobiliyatini bildirib, o’quvchilar shaxsiyatining har tomonlama rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Tadqiqotda o'yin metodlarini dars mashg'ulotiga tatbiq etish yo'nalishlari, amaliy mashqlar va o'yinlar namunalari, shuningdek, ularni tashkil etish shartlari ochib berilgan. Shuningdek, o'yin asosida hissiy intellektni rivojlantirish samarasini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish bo'yicha takliflar ilgari surilgan. Mazkur yondashuv o’qituvchilarga o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash, ularni kelajakdagi ijtimoiy munosabatlarda faolligini oshirish hamda shaxsiyatlarini barkamol shakllantirish imkonini beradi. Bunga qo’shimcha qilgan holda hissiy intellektning o’quvchilar shaxsiyatiga ta’siri, o'yin metodlarini dars jarayoniga integratsiya qilish yo’llari, amaliy mashg’ulotlar yoki o'yinlar namunalari, natijalarni baholash mezonlarini ishlab chiqishni ham ko’rib chiqadi.
References
1. Goleman, D. (1995). Emotional Intelligence. Bantam Books, New York.
2. Bar-On, R. (2000). “Emotional Intelligence: An Integrative Model.” In Handbook of Emotional Intelligence. Bar-On & Parker (Eds.). San Francisco: Jossey-Bass.
3. Vygotsky, L. S. (1997). Pedagogika va psixologiya asoslari. Toshkent: O’qituvchi.
4. Leontiev, A. N. (1975). Deyatelnost, Soznanie, Lichnost. Moskva: Politizdat.
5. Elkonin, D. B. (1978). Psixologiya o'yin faoliyati. Moskva: Pedagogika.
6. Sodiqova, G. (2017). “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida hissiy intellektni oshirish yo’llari.” Pedagogika va psixologiya jurnali. 2 (26), 133-145.
7. Abdullayeva, N. (2020). “O'yin metodlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish asosida o’quvchilarning hissiy intellektini oshirish.” Ilm-fan va ta’lim. 4 (10), 87-95.
8. Salimova, D. (2021). Boshlang’ich sinf o’quvchilarining hissiy intellektini oshirish metodikasi. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori dissertatsiyasi. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti.
9. Haydarova, M. (2021). “Hissiy intellektni oshirishda o'yin metodlarini qo'llash imkoniyatlarini tahlil qilish.” Pedagogika, psixologiya va ta’lim. 3 (31), 21-30.
10. Fayzullayeva, N. (2022). “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida hissiy intellektni o’yinlar asosida rivojlantirish.” Zamonaviy ta’lim: muammo va yechimlar. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, 105-114.