TURLI MATERIALLARDAN TASHKIL TOPGAN STERJENLI SISTEMALARDA ICHKI KUCH VA DEFORMATSIYA HOLATINING ANALITIK O‘RGANILISHI

Authors

  • Ikromov Sunnatillo Nodir o’gli Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Oliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti Author

Keywords:

statik noaniqlik, deformatsion yondashuv, sterjenli sistema, elastiklik moduli, muvozanat tenglamasi, moslik tenglamasi, normal kuchlanish, cho‘zilish, qisqarish, Hooke qonuni, po‘lat, alyuminiy, ichki kuch, kesim yuzasi, materiallar qarshiligi.

Abstract

Maqolada turli elastiklik moduliga ega bo‘lgan, ikki tomonidan mahkamlangan va bo‘ylama bo‘linmalardan iborat sterjenli sistemaning statik va deformatsion holati chuqur tahlil etildi. Tashqi kuchlar ta’sirida ishlayotgan bunday sistemalar statik noaniqlikka ega bo‘lib, ularni yechishda faqatgina muvozanat tenglamalari yetarli bo‘lmaydi. Shuning uchun masala deformatsion yondashuv asosida yechildi, ya’ni uzayishlarning yig‘indisi nolga teng bo‘lishi haqidagi moslik tenglamasi yordamida noma’lum reaksiya kuchi aniqlandi.

Tadqiqot doirasida turli uzunlik va materialga ega uchta sterjen uchastkalari po‘lat va alyuminiy bo‘yicha ichki kuchlar, normal kuchlanishlar, cho‘zilish va qisqarish miqdorlari hisoblab chiqildi. Har bir element bo‘yicha Hooke qonuni, kuchlanish-deformatsiya munosabatlari va geometrik parametrlar asosida analitik ifodalar ishlab chiqildi. Hisoblashlarda materiallarning elastiklik moduli va ruxsat etilgan kuchlanish chegaralari inobatga olinib, zarur bo‘lgan ko‘ndalang kesim yuzalari aniqlandi.

References

5. M.Mirsaidov, Sh.Xudaynazarov, E.Abdimo’minov, B.Ashirov “Materiallar qarshiligidan misol va masalalar”. I-qism TOSHKENT-” 2019, 268 bet

6. Usmanqulov A., Ismayilov K., va boshq. “Materiallar qarshiligidan misol va masalalar”. II-qism (5340200-“Bino va inshoot qurilishi”) Toshkent «Mashhur-Press», 322 bet

Downloads

Published

2025-07-01