MATERIALLAR SARFINI KAMAYTIRISH VA MUSTAHKAMLIKNI OSHIRISH MAQSADIDA POG‘ONALI USTUNLARNING TAHLILI

Authors

  • Abdullayeva Dildora Anvarovna Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Oliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchi Author

Keywords:

pog‘onali sterjen, bo‘ylama kuch, deformatsiya, kuchlanish, strukturaviy tahlil, og‘irlik kuchi, ep’yura, optimal kesim, materiallar qarshiligi, amaliy hisoblash, algoritmik yechim, statik holat, segmental yondashuv, mashinasozlik, qurilish konstruksiyalari.

Abstract

Mazkur maqolada mashinasozlik, qurilish va gidrotexnika sohalarida keng qo‘llaniladigan pog‘onali sterjenli (ustunli) tizimlarning statik holati, ya’ni ularning o‘z og‘irligi va tashqi kuchlar ta’sirida yuzaga keladigan bo‘ylama kuchlar, kuchlanishlar va deformatsiyalar ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Nazariy qismda strukturaviy elementlarning og‘irligi hisobga olingan holda kuchlanish va cho‘zilishlarni aniqlashga doir formulalar ishlab chiqilgan. Amaliy misolda esa turli kesimdagi pog‘onali ustun uchun har bir segment bo‘yicha yuklanish va deformatsiyalar aniqlanib, ep’yuralar orqali grafik baholashlar berilgan. Tadqiqotda maksimal kuchlanishlar ruxsat etilgan chegaralardan oshmasligi isbotlangan va optimal kesim yuzalari aniqlanib, material sarfini kamaytirish bilan birga mustahkamlikni ta’minlovchi yechimlar taklif qilingan. Ushbu ilmiy ishning yangiligi shundaki, unda xususiy og‘irlikni inobatga olgan holda har bir pog‘ona segmental yondashuv asosida alohida tahlil qilingan va bu amaliy loyihalash uchun yuqori aniqlikdagi algoritmik yechimlar bilan boyitilgan.

References

11. M.Mirsaidov, Sh.Xudaynazarov, E.Abdimo’minov, B.Ashirov “Materiallar qarshiligidan misol va masalalar”. I-qism TOSHKENT-” 2019, 268 bet

12. Usmanqulov A., Ismayilov K., va boshq. “Materiallar qarshiligidan misol va masalalar”. II-qism (5340200-“Bino va inshoot qurilishi”) Toshkent «Mashhur-Press», 322 bet

Downloads

Published

2025-07-01