TABIIY VA IJTIMOIY JARAYONLARNI MODELLASHTIRISHDA LIMITLAR NAZARIYASINING TATBIQI
Keywords:
Limitlar nazariyasi, cheksiz kichik funksiyalar, hosila, differensial, integral, oniy tezlik, matematik modellashtirish, funksiyalarni solishtirish, ekvivalent cheksiz kichiklar, matematik analiz, uzluksizlik, dinamik jarayonlar, analitik tadqiqot.Abstract
Mazkur maqolada matematikaning rivojlanishida limitlar nazariyasi va unga asoslangan tushunchalar – cheksiz kichik funksiyalar, ularning solishtirilishi, hosilalar, differensiallar va integral tushunchalarining muhim o'rni ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada tabiiy va texnik fanlarda keng qo'llaniladigan ushbu asosiy matematik vositalar, xususan, cheksiz kichik miqdorlar ustida olib boriladigan tahliliy tadqiqotlar orqali real jarayonlarni matematik modellar asosida chuqur o'rganish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, cheksiz kichik funksiyalarni o'zaro solishtirish, ularning nolga intilish tezligini aniqlash, tartiblarini aniqlash hamda ekvivalentligini belgilash orqali funksiyalarning limit xatti-harakatlari tahlil qilinadi. Erkin tushish, hujayra bo'linishi va iqtisodiy o'sish kabi amaliy misollar orqali oniy tezlik tushunchasining fizik, biologik va iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishdagi ahamiyati ilmiy va didaktik jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot matematik tahlilning aniqlikni ta'minlash, o'zgaruvchan miqdorlarni sifat va miqdor jihatdan tadqiq qilishdagi rolini, hamda fanlararo integratsiyani kuchaytirishdagi ahamiyatini ko'rsatadi.
References
3. Sh.R.Xurramov Oliy matematika (masalalar to’plami, nazorat topshiriqlari) 1-qism: o'quv qo'llanma, “Fan va texnologiya” Toshkent-2015 - 408 bet.
4. Karimov E., Meliboyev A., Islomov B. Oliy matematika. 1-qism. Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2016. – 432 bet