SIQUVCHI KUCHLAR OSTIDA STRUKTURA ELEMENTLARINING OG‘IRLIKKA BOG‘LIQLIGI VA KONSTRUKTIV YECHIMLARDA LIMITLAR NAZARIYASINING AMALIY TATBIQI

Authors

  • Ismoilova Zamira Tuxtayevna Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Oliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchi Author

Keywords:

Brus, siquvchi kuch, og'irlik, konstruktiv samaradorlik, o'zgarmas kesimli brus, pog'ona brus, teng qarshilikli brus, statik kuch, konstruktiv tahlil, material sarfi.

Abstract

Ushbu maqolada bruslarning siquvchi kuchlar ostida ishlashida ularning o'z og'irligining ta'siri va turli kesim shakllarining konstruktiv samaradorligi tahlil qilindi. O‘zgarmas kesimli, pog‘onali va teng qarshilikli bruslarning og‘irliklari va ularga ta'sir etuvchi kuchlanishlar solishtirildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, teng qarshilikli brus eng yengil va samarali variant sifatida ajralib turdi, uning og‘irligi o‘zgarmas kesimli brusning og‘irligidan 65% va pog‘onali brusning og‘irligidan 20% kam ekanligi aniqlandi. Statik kuchlar ostida ishlovchi bruslarning og'irligi nafaqat tashqi yuklamalarga, balki ularning o'z og'irligiga ham bog'liq bo'lib, bu holatni hisobga olish konstruktsiyaning barqarorligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Optimal konstruktsiyani tanlashda og'irlikni kamaytirish, materialni samarali ishlatish va kuchlanishni optimallashtirish eng asosiy vazifalardan biridir. Ushbu tahlil konstruktsiya elementlarining barqarorligini va ishonchliligini ta'minlash uchun eng yaxshi dizayn tanlashda yordam beradi.

References

13. M.Mirsaidov, Sh.Xudaynazarov, E.Abdimo’minov, B.Ashirov “Materiallar qarshiligidan misol va masalalar”. I-qism TOSHKENT-” 2019, 268 bet

14. Usmanqulov A., Ismayilov K., va boshq. “Materiallar qarshiligidan misol va masalalar”. II-qism (5340200-“Bino va inshoot qurilishi”) Toshkent «Mashhur-Press», 322 bet

Downloads

Published

2025-07-01