REAL JARAYONLARDA LIMIT VA HOSILA TUSHUNCHALARINI AMALIY TATBIQINI TAHLIL QILISH USULLARI
Keywords:
limit, hosila, urinma, matematik analiz, real jarayonlar, modellashtirish, tezlik, zichlik, o‘sish sur’ati, geometrik ta’rif, analitik yondashuv, fanlararo integratsiya, amaliy matematika, muhandislik hisoblari, matematik modellashtirishAbstract
Mazkur maqolada matematik analizning asosiy tushunchalaridan biri - limit va undan hosil bo‘luvchi hosila va urinma tushunchalarining nazariy hamda amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida bu tushunchalarning zamonaviy fan va texnologiyalarda - xususan, muhandislik, informatika, fizika, biologiya va iqtisodiyot kabi sohalarda real jarayonlarni modellashtirishdagi roli chuqur tahlil qilinadi. Egri chiziqqa urinmaning geometrik va analitik ta’rifi orqali limit tushunchasining mohiyati ochib beriladi va bu orqali o‘zgaruvchan jarayonlarning (harakat tezligi, oqim zichligi, o‘sish sur’atlari) matematik ifodalanishi asoslab beriladi.
Maqolada keltirilgan turli fanlar kesimidagi masalalar elektr toki kuchining oniy qiymati, bakteriyalar sonining o‘sish tezligi, sterjen zichligi, aholi sonining yillik o‘zgarishi hamda neft oqimi misolida limit va hosilaning amaliy tatbiqi ko‘rsatib berilgan. Shu orqali matematik yondashuvlar yordamida fizik va ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish, optimallashtirish va bashoratlash imkoniyatlari ilmiy asosda yoritilgan.
References
5. Sh.R.Xurramov Oliy matematika (masalalar to’plami, nazorat topshiriqlari) 1-qism: o'quv qo'llanma, “Fan va texnologiya” Toshkent-2015 - 408 bet.
6. Karimov E., Meliboyev A., Islomov B. Oliy matematika. 1-qism. Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2016. – 432 bet