DIFFERENSIAL HISOBNING FARMAKOKINETIKA VA OZIQ-OVQAT SANOATIDA AMALIY TATBIQLARI
Keywords:
Differensial hisob, farmakokinetika, dori kontsentratsiyasi, matematik modellashtirish, ekstremum, harorat nazorati, optimallashtirish, tibbiyotda qo‘llash, oziq-ovqat sanoati.Abstract
Tibbiyot va oziq-ovqat sanoati kabi murakkab sohalarda jarayonlarni tahlil qilish, optimallashtirish va nazorat qilishda differensial hisobning ahamiyati beqiyos. Ushbu maqolada farmakokinetika (dori moddalarining organizmdagi konsentratsiyasi dinamikasi) va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashdagi harorat nazorati misollaridan foydalanib, differensial hisob-kitoblarning qanday qilib amaliy yechimlar taklif etishi, jarayonlarni bashoratlash va boshqarish imkoniyatlarini ko‘rsatib berilgan. Maqola har ikkala sohada ham maksimal samaradorlikka erishish, xavflarni kamaytirish (masalan, intoksikatsiya) va resurslardan oqilona foydalanishda matematik modellashtirishning rolini chuqur o‘rganadi. Xususan, dori kontsentratsiyasining cho‘qqi nuqtasini aniqlash va pishirish jarayonlarining optimal vaqtini belgilash usullari batafsil yoritilgan.
References
1. A.I.Abdullayev, O.S.To‘laganov Oliy matematika asoslari (amaliy yo‘nalishlar uchun). - Toshkent: TDPU nashriyoti, 2022.-360 bet.
2. S.Matmurodov Tibbiyotda matematik modellashtirish asoslari. – Toshkent: “Iqtisod-moliya” nashriyoti, 2020. - 256 bet.