IKKI KARRALI INTEGRALNING NAZARIY ASOSLARI VA FAN-TEXNIKA SOHALARIDAGI AMALIY TATBIQLARI
Keywords:
Ikki karrali integral, ko‘p o‘zgaruvchili funksiyalar, sirt maydonini hisoblash, matematik modellashtirish, muhandislik tahlili, fizika tatbiqlari, iqtisodiy modellashtirish, ekologik modellashtirish, issiqlik tarqalishi, resurslarni optimallashtirish, iteratsion integral, hisoblash matematikasi, real muammolarni yechish, sirt geometriyasi, tizimlarni simulyatsiya qilish.Abstract
Ushbu maqolada ikki karrali integral tushunchasining nazariy asoslari va uning zamonaviy fan va texnika sohalaridagi amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilingan. Ikki karrali integral matematik analizning ko‘p o‘zgaruvchili funksiyalarni o‘rganuvchi bo‘limida markaziy o‘rin tutadi va fizik, muhandislik, iqtisodiy, ekologik hamda axborot texnologiyalari tizimlarida keng qo‘llaniladi. Maqolada ushbu integral vositasida murakkab shaklli ikki o‘lchamli mintaqalarning yuzasini hisoblash, resurslar taqsimotini baholash, issiqlik va massa oqimlarini aniqlash kabi real amaliy masalalar yoritilgan. Xususan, egri chiziqlar bilan chegaralangan soha yuzasini hisoblash masalasi orqali ikki karrali integralning iteratsion ko‘rinishdagi qo‘llanilishi chuqur tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari ikki karrali integralning nafaqat nazariy tahlil uchun, balki texnologik jarayonlarda aniqlik, samaradorlik va modellashtirish imkonini ta'minlaydigan kuchli matematik vosita ekanligini tasdiqlaydi.References
1. Sh.R.Xurramov Oliy matematika (masalalar to’plami, nazorat topshiriqlari) 1-qism: o'quv qo'llanma, “Fan va texnologiya” Toshkent-2015 - 408 bet.
2. Karimov E., Meliboyev A., Islomov B. Oliy matematika. 1-qism. Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2016. - 432 bet