ZICHLIK FUNKSIYASI ORQALI YASSI JISMLARNING MASSASI VA ISSIQLIK ENERGIYASINI IKKI KARRALI INTEGRAL YORDAMIDA HISOBLASHNING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI
Keywords:
Ikki karrali integral, zichlik funksiyasi, massa hisoblash, issiqlik tarqalishi, qutbiy koordinatalar, matematik modellashtirish, fizik modellar, muhandislik hisoblari, ko‘p o‘zgaruvchili funksiyalar, iteratsion integral, energiya taqsimoti, sanoat tizimlari, termal tahlil, integral hisoblash, real muammolarni modellashtirish.Abstract
Mazkur maqolada ikki karrali integralning fizik va muhandislik sohalaridagi amaliy qo‘llanilishlari, xususan, zichlik funksiyasi yordamida massani va harorat zichligi asosida issiqlik miqdorini aniqlash masalalari tahlil etilgan. Ko‘p o‘zgaruvchili funksiyalar orqali ifodalangan fizik kattaliklarni hisoblashda ikki karrali integralning nazariy asoslari, iteratsion shakldagi yechimlari va qutbiy koordinatalarga o‘tish usuli batafsil ko‘rib chiqilgan. Maqolada ayniqsa real hayotda uchraydigan geometrik jihatdan murakkab jismlar ustida bajariladigan hisob-kitoblarning matematik modellashtirish orqali yechimini topish misollar bilan yoritilgan. Ushbu yondashuv sanoat, elektronika, energetika, harbiy texnika va boshqa ko‘plab sohalarda materiallarning massaviy va energetik tavsiflarini aniqlashda katta amaliy ahamiyatga ega ekani asoslab berilgan.References
3. Sh.R.Xurramov Oliy matematika (masalalar to’plami, nazorat topshiriqlari) 1-qism: o'quv qo'llanma, “Fan va texnologiya” Toshkent-2015 - 408 bet.
4. Karimov E., Meliboyev A., Islomov B. Oliy matematika. 1-qism. Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2016. - 432 bet