UCH O‘LCHAMLI INTEGRAL YORDAMIDA FAZOVIY JISMNING ISSIQLIK ENERGIYASINI ANIQLASH
Keywords:
Uch karrali integral, issiqlik energiyasi, fazoviy modellashtirish, harorat taqsimoti, zichlik funksiyasi, alyuminiy korpus, matematik analiz, termodinamika, fizikaviy modellashtirish, integrallash sohalari, sanoat tizimlari, matematik fizika, ko‘p o‘zgaruvchili funksiyalarAbstract
Ushbu maqolada uch karrali integralning real fizikaviy muammolarda, xususan sanoat turbinalarining ichki harorat tahlilida qo‘llanilishi ko‘rib chiqilgan. Fazoviy o‘zgaruvchan harorat va zichlik funksiyalari orqali jismning umumiy issiqlik energiyasi aniqlanishi matematik modellashtirish asosida tadqiq etildi. Alyuminiy korpusli murakkab shakldagi jism uchun harorat taqsimoti kvadratik funksiyalar orqali ifodalandi hamda integral formulasi yordamida hisob-kitob bajarildi. Analitik natijalardan foydalanib, jismdagi issiqlik miqdori aniqlandi va bu orqali termodinamik tizimlarning energiya tahliliga ilmiy asos yaratildi. Maqola uch o‘lchamli integrallarning muhandislik va texnologik masalalardagi ahamiyatini ko‘rsatib beradi hamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashda foydali ilmiy uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.
References
5. Karimov E., Meliboyev A., Islomov B. Oliy matematika. 1-qism. Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2016. - 432 bet
6. Sh.R.Xurramov Oliy matematika 3-qism: Darslik, “Mehr-nuri” Toshkent-2024 - 888 bet.