DARSLIK MATNLARIDA DIALEKTIZMLARNING QOʻLLANILISHI

Authors

  • Bobosherova Madina Tolibjon qizi O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 2-kurs magistranti Author

Keywords:

dialektizm, darslik, sheva, dialektal matn, adabiy til, xalq og‘zaki ijodi, til madaniyati, o‘quvchi nutqi, metodik yondashuv, lingvistik me’yorlar.

Abstract

Mazkur tezisda darslik matnlarida dialektizmlarning qo‘llanishi, ularning o‘quvchilarda tilga qiziqish uyg‘otishdagi roli va bu jarayonda ehtiyotkorlik zarurati tahlil qilinadi. Sheva materiallarini yig‘ish, tasniflash va tahlil qilish orqali nafaqat til boyligi, balki xalqning madaniy-ma’naviy hayoti ham aks ettiriladi. Tezisda XX–XXI asrlardagi dialektal matnlarni yozib olish tendensiyalari, shuningdek, ularning darsliklardagi qo‘llanilish shakllari — xalq og‘zaki ijodi, badiiy matnlar va dialogik nutq kontekstlarida keltirilishi ko‘rsatib o‘tiladi. Dialektizmlarni kontekstda izohlab, adabiy til bilan taqqoslab berish darslik tuzishda muhim metodik yondashuv sifatida tavsiya etiladi.

References

1. Enazarov T. Dialektologiya metodologiyasi / Monografiya. – Toshkent: “Innovatsiya-Ziyo”, 2019. –B. 279.

2. Mirzayeva Z., Jalilov K. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. – Toshkent: Yangi nashr, 2022. – B. 191.

3. Olimov S., Ahmedov S., Qo‘chqorov R. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019. –B. 279.

4. Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. – Toshkent, 2019. – B. 273.

Downloads

Published

2025-10-01