ALISHER NAVOIY “LAYLI VA MAJNUN” DOSTONIDA TO‘Y VA BAZMGA OID TERMINLAR

Authors

  • Ubaydullayeva Umida Abdushukur qizi Sharof Rashidov nomidagi SamDU o‘qituvchisi, PhD. umidaubaydullayeva49@gmail.com Author

Keywords:

Alisher Navoiy, termin, terminologiya, to‘y, bazm, musiqa, tarixiy so‘z.

Abstract

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy “Xamsa”sining uchinchi dostoni bo‘lmish “Layli va Majnun” dostonida o‘z davrining turli ilm-fan, kasb-hunarlariga oid terminlari qo‘llanilgan. Xususan, ijtimoiy, siyosiy, harbiy, iqtisodiy, hayvonot va o‘simlik dunyosiga oid terminlar, ilmi nujum (astronomiya)ga oid, tibbiy, musiqiy, ma’dan nomlarini anglatuvchi, ilm-fanga oid, diniy tushunchalarga oid, to‘y va motam marosimlari bilan bog‘liq terminlar va boshqa ko‘plab sohalarga doir bir qancha terminlar asarda mahorat bilan qo‘llanilgan.

Biz mazkur maqolada ushbu dostonda Navoiy mahorat bilan qo‘llagan to‘y, bazmga oid terminlar xususida fikr yuritamiz. Bu terminlarning ayrimlari hozirgi kunda ham qo‘llanilsa, ba’zilari butunlay iste’moldan chiqib, tarixiy so‘zga aylangan, yana bir qismi esa o‘z o‘rnini boshqa bir so‘zga bo‘shatib bergan. Doston matnida qo‘llanilgan to‘y, bazm va musiqaga oid terminlarning aksariyati ot va fe’l so‘z turkumiga tegishli ekanini ko‘rish mumkin. Shuningdek, bu terminlarning katta qismi arab va fors tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlardir.

Maqolada tahlilga tortilgan terminlar bilan tanishish Navoiy ijod ummonining bir qatrasini kashf qilishda, shuningdek, terminologiya sohasi tarixi va taraqqiyoti uchun ham manba bo‘lib xizmat qiladi.

References

1. Abdushukurov B. Eski turkiy til leksikasi. – Toshkent, 2015.

2. Alisher Navoiy “Layli va Majnun” (nasriy tabdil). -Toshkent, 2021.

3. Alisher Navoiy “Layli va Majnun”. -Toshkent, 2020.

4. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati. 1-jild. Toshkent, 1983.

5. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati. 2-jild. Toshkent, 1983.

6. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati. 3-jild. Toshkent, 1983.

7. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati. 4-jild. Toshkent, 1983.

8. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 11-tom. – Toshkent, 1993.

9. D.Yusupova “Layli va Majnun” dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari. kh-davron.uz

10. Dadaboyev H. O‘zbek terminologiyasi. O‘quv-uslubiy majmua. – Т.:2019. -B.117.

11. Dadaboyev H. O‘zbek terminologiyasi.-Toshkent, 2019.

12. Hojiyev A. Termin tanlash mezonlari. 1996.

13. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati.-Toshkent: Fan, 2002.

14. Jovliyeva J. Terminologiya masalalari bo‘yicha ilmiy adabiyotlar tahlili. //Science and education// – T.:2020. -B.451.

15. Mavlonov A. “Saddi Iskandariy” dostonida qo‘llanilgan harbiy terminlar tahlili. Til, ta’lim, tarjima. T.2021.2-son, 4-jild, -B.52.

16. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. A.Madvaliyev tahriri ostida. Toshkent, 2007.

17. Rajabova B. Navoiy ijodida tarixiy-huquqiy atamalar. Ziyouz.uz. 2016.

Downloads

Published

2025-10-01