SHAXSNING INDIVIDUALLIGI VA UNI SHAKLLANTIRUVCHI OMILLAR
Keywords:
shaxs individualligi, individual xususiyatlar, biologik omillar, ijtimoiy omillar, temperament, xarakter, qobiliyat, irsiyat, muhit, tarbiya, shaxs rivojlanishi, individuallashtirish.Abstract
Ushbu maqolada shaxsning individualligi tushunchasi, uning mohiyati hamda shakllanish jarayoni chuqur tahlil qilindi. Individuallikni belgilovchi biologik va ijtimoiy omillarning o‘zaro ta'siri, shaxs rivojlanishidagi ularning roli hamda ahamiyati nazariy jihatdan ochib berildi. Maqolada individuallikning psixologik tuzilishi, temperament, xarakter, qobiliyat va boshqa individual-psixologik xususiyatlarning shakllanish jarayonlari ko‘rib chiqildi. Irsiyat, muhit, tarbiya va faoliyatning shaxs individualligiga ko‘rsatadigan ta'siri keng yoritildi. Zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlari nuqtai nazaridan shaxsning o‘ziga xosligini shakillantirish masalalari tahlil qilindi va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.